18 may 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA
ONE FC'dagi chempionlarimiz soni ko'payishi mumkin. Ortiqov keyingi jangini kamar uchun o'tkazishi kutilmoqda
Muay-tay ustamiz Aslamjon Ortiqov navbatdagi g'alabasidan keyin ONE FC chempionligi sari yaqinlashdi.
Hamyurtimiz 15 may kuni kolumbiyalik Jordan Estupinan bilan jang qilib, ikkinchi raundda muddatidan avval zafar quchgan holda g'alabalari sonini 10 taga etkazib olgan edi. Aslamjonning navbatdagi jangi Liganing amaldagi chempioni, rossiyalik Asadulla Imangazalievga qarshi bo'lib o'tishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
"Agar ONE FC'dagilar mening Asadulla bilan jang qilishimni istashsa, albatta rozi bo'laman, nima uchun endi yo'q? Men kamarni xohlayman, orzuimni amalga oshirishni istayman. Istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. Ha, men bunga shayman", dedi Ortiqov.
Havola :
Manba : onefc.com
Fikrlar