26 sen 11:16
Yangiliklar
O'nta davlat qatnashayotgan qilichbozlik bo'yicha xalqaro turnirning birinchi kunidan FOTOREPORTAJ
Ushbu nufuzli musobaqada Iroq, AQSH, Turkiya, Filippin, Italiya, Boliviya, Eron, Belarus, Qozog'iston, O'zbekiston kabi davlatlarning sportchilari o'z mahoratlarini namoyish etmoqda.
Kecha erkaklar o'rtasida reyting ochkolarini to'plash uchun yakkalik bahslari bo'lib o'tdi. 31 nafar sportchi ishtirok etgan musobaqada 13 nafar vakillarimiz ham o'z omadlarini sinab ko'rdi.
Qizg'in va murosasiz o'tgan bahslar natijasida vakillarimiz Muhammad Yusuf Asranov va Axmadilloxon Solixojiev bronza medallariga ega bo'ldilar. Birinchi va ikkinchi o'rin AQSH va Belarus davlatlari sportchilariga nasib etdi.
Bugun qizlarimiz qimmatli reyting ochkolari uchun bellashadilar.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar