25 iyu 17:49
Yangiliklar

O'nta jangning hammasida g'alabaga erishgan bokschimiz WBC kamari uchun jang o'tkazadi
"Oqtepa" boks klubi azosi hisoblangan 21 yoshli charm qo'lqop ustamizning chempionlik jangi sentyabr oyiga mo'ljallanmoqda. Hozirda jang yuzasidan promouter va menejerlarning muzokarasi davom etmoqda.
"Bu kamar biz uchun juda ham muhim. Ravshan bo'lajak jangda g'alaba qozonsa, reytingda Top-20ga kirib oladi. Ayni paytda raqiblar bilan muzokara o'tkazyapmiz. Juda katta ehtimol bilan uning raqibi ukrainalik 20 yashar Vladimir Gordienko bo'ladi. Aynan shu raqibni bizga WBC taqdim etmoqda. Jang neytral davlat hududidagi boks oqshomlarining biri doirasida o'tkaziladi", - dedi bizga bergan intervyusida bokschimizning murabbiyi Zufar Sulaymonov.
Malumot uchun, Ravshan Mahammadjonov prof ringda 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Ettita jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan. Gordienko esa prof boksda o'tkazgan 9 ta jangining 8 tasida zafar quchgan. Uchta jangni nokaut bilan yakunlagan. Hisobida bitta mag'lubiyat bor.
Fikrlar