14 noy 20:03
Yangiliklar
O'q otish bo'yicha Osiyo chempionatidan xushxabar
Bugungi kun bahslari unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o'tdi. Yoshlar o'rtasida 10 metrga pnevmatik to'pponchadan otish bahslarida Veniamin Nikitin yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Nikitin saralashda kuchli sakkizlikka kirib, medallar uchun kurashni davom ettirdi. Hal qiluvchi pallada esa hindistonlik Sandip Bishnoi bilan chempionlik uchun raqobatlashdi. Yakunda omad Hindiston vakili tomonida bo'ldi va yurtdoshimiz kumush medal bilan taqdirlandi.
1. Sandip Bishnoi (Hindiston)
2. Veniamin Nikitin (O'zbekiston)
3. Donbin Kim (Koreya Respublikasi)
Eslatib o'tamiz, bundan avval boshqa bir yosh sportchimiz Javohir Sohibov 10 metrga pnevmatik miltiqdan o'q otish dasturida shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilgan edi.
Fikrlar