12 iyu 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Orlovskiy Konor Makgregor bilan bir oqshomda jang qiladigan bo'ldi
30 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena" majmuasida UFC 303 turniri bo'lib o'tadi.
Tashkilotchilar tomonidan oqshomning yana bir jangi elon qilindi.
Unga ko'ra, og'ir vazn toifasida belaruslik UFC jangchisi Andrey Orlovskiy (34-23-0) turnir doirasida oktagonga chiqadi. Unga o'sha kuni Slovakiya vakili Martin Buday (13-2-0) raqiblik qiladi. Aslida ushbu jang 16 iyun kuni o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo malum sabablarga ko'ra jang muddati ko'chirildi.
Malumot uchun, UFC 303 turnirining markaziy jangi ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor hamda sobiq Bellator chempioni Maykl CHendler o'rtasida kechadi.
Havola :
Fikrlar