18 iyu 16:45
Yangiliklar
Boks/MMA
O'rta vazn toifasining kelajagi sifatida qaralayotgan jangchiga raqib berildi
Amerikalik 28 yoshli aralash yakkakurash ustasi ketma-ket uchta jangida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan.
Gap o'rta vazn toifasi vakili Bo Nikal haqida ketmoqda. U o'zining UFC`dagi navbatdagi jangini 9 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etiladigan UFC 309 turniri doirasida o'tkazadi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Boning raqibi braziliyalik Rodolfo Vieyra bo'ladi.
Bo Nikal UFC oktagonida 3 ta muddatidan avval qozonilgan g'alabali seriya bilan bormoqda. U so'nggi jangida Kodi Brandeyjni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. 34 yoshli Rodolfo Vieyra esa ketma-ket ikki jangida raqiblari - Kodi Brandeyj va Armena Petrosyanni muddatidan oldin taslim etdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar