24 mar 15:31
Yangiliklar
![](/upload/storage/211452_220.jpg)
Ortis Joshua bilan jang qilmoqchi
Kubalik bokschi qo'lidagi jarohatdan forig' bo'lgani va britaniyalik bilan jang qilish uchun mashg'ulotni boshlashga tayyorligini aytdi.
"King-Kong" Ortis qaytdi! Hozir mashg'ulotlarni boshlayapman. Qo'limdagi jarohatni tiklash jarayoni tugadi. Men hamma narsaga tayyorman, jumladan Xrgovichga ham. Agar u bo'lmasa, asosiy davogarlardan "lyuboy"iga",-dedi Ortis.
Ortis, shuningdek, o'z vatanini himoya qilayotgan ukrainalik sportchilarni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
"Men Joshua chapaqay raqib qidirayotganini eshitdim. Usik o'zining go'zal mamlakatini himoya qilayotgan bir paytda Joshua bilan oraliq jang o'tkazish men uchun sharaf bo'lardi. Mening duolarim aka-uka Klichkolar va butun Ukraina xalqiga yo'llangan",- deya Ortisning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Fikrlar