31 may 19:19
Yangiliklar

Ortis - Uaylderga: YO men seni o'ldiraman yoki bu ishni sen qilasan
Kubalik bokschi navbatdagi jangini aynan Uaylderga qarshi o'tkazadi. Ushbu jang Ozodlik oroli bokschisi uchun revansh maqomida bo'ladi. Bokschilarning ilk jangida Ortisning g'alaba qozonishiga bir bahya qolgandi.
"Hatto boshqa raqibga qarshi jang o'tkazgan paytimda ham Uaylder bilan revansh haqida o'ylaganman. Agar Deonteyga qarshi birinchi jangimda 900 ta zarba yo'llagan bo'lsam, bu safar zarbalar soni ikki barobar ko'p bo'ladi. O'shanda ettinchi raunddagi nokdaundan so'ng muvaffaqiyatimni rivojlantira olganimda hozir hammasi boshqacha bo'lardi.
O'ylaymanki, revansh jangida bunday imkoniyat menda yana yuzaga keladi. Uaylderga revansh jangi 12 raund to'liq davom etmaydi, deb aytganman. Bu so'zlarimni yana qaytaraman: YO men seni o'ldiraman yoki bu ishni sen qilasan! Jang ana shu ikki variantdan iborat bo'ladi", - dedi Ortis.
Fikrlar