10 noy 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati oldidan murabbiylar uchun miting tashkil etildi, unda o'zbekistonlik mutaxassis so'zga chiqdi + FOTO
Bugun Ulan-Batordagi "Bayangol" mehmonxonasida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida terma jamoa murabbiylari uchun miting ham tashkil etildi. Unda Osiyo boks konfederaciyasi mutasaddilari murabbiylar uchun qoidalar, tashkiliy jihatlar bo'yicha tushuntirish berib o'tishdi.
Miting davomida o'zbekistonlik mutaxassis, ayni paytda Osiyo boks konfederaciyasi tibbiyot komissiyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Dilshod Kazakov ham so'zga chiqdi va tibbiy yo'nalishda tushuntirishlar berib o'tdi.
Miting yakuniga etgach, qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda terma jamoamiz katta murabbiylari Hamid Tangribergenov va Kamoliddin Mutalov ishtirok etdi.
Birozdan so'ng qura natijalarini etiboringizga havola qilamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar