06 okt 12:41
Yangiliklar

Osiyo chempionati: sinxron suzuvchilarimiz yana 3 ta medal qo'lga kiritishdi
Ahmadobod shahri (Hindiston)da suv sporti turlari bo'yicha Osiyo chempionati doirasida sinxron suzish bellashuvlarining ikkinchi kuni ortda qoldi.
Kun davomida O'zbekiston terma jamoasi azolari 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
Sabina Mahmudova, Xadicha Agzamova, Ziyoda Toshxo'jaeva — 240.5808 ball (texnik duet).
Bronza:
O'zbekiston terma jamoasi — 200.5183 ball (texnik guruh)
Anna Vashenko va Vyacheslav Rudnev — 170.8667 ball (texnik mikst duet).
Havola :
Manba : aquatics.uz
Fikrlar