18 okt 17:49
Yangiliklar

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 20 ta medal qo'lga kiritgan o'smir bokschilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi
Vakillarimiz musobaqada 23 nafar bokschi bilan ishtirok etib, 20 ta medal qo'lga kiritishdi.
Bugun ana shu qita chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Kutib olish marosimida «O'zbekiston Temir yo'llar» AJ mutasaddilari, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari va MOQ vice-prezidenti Saken Polatov, Toshkent shahar hokimligi vakillari, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Biroz o'tib kutib olish marosimidan suratlarni etiboringizga havola qilamiz.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar