12 sen 08:51
Yangiliklar
Dzyudo

Osiyo chempionatining birinchi kuni yakunlari bo'yicha mutlaq peshqadammiz!
Ikkinchi kundirki, Indoneziya poytaxti Jakarta shahri dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Qita birinchiligining ilk kungi bellashuvlari kadetlarimiz uchun muvaffaqiyatli keldi. Kun davomida medallar uchun kurashgan 8 nafar dzyudochimizning bari yakunda shohsupaga ko'tarildi.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan Osiyo qitasining 21 davlati orasida 1-o'rinni egallab turibdi. Qozog'iston 1 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 2-o'rinni band etgan bo'lsa, hindistonlik dzyudochilar kuchli uchlikka yakun yasashgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar