12 fev 11:06
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/322528_220.jpg)
Osiyo kubogi. U-20 terma jamoamiz ertaga o'z yurishini boshlaydi. Yamanga qarshi qanday libosda o'ynashimiz malum (FOTO)
Ertaga O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Yamanga qarshi maydonga tushadi.
Bugun musobaqa oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga musobaqaga doir bir qator yo'nalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing bo'yicha tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
O'zbekiston U-20 terma jamoasi ertangi bahsda to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanishi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 13 fevral Toshkent vaqti bilan soat 14:15da SHenchjendagi «Yoshlar futbol bazasi» 1 maydonida start oladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar