So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

03 iyu 14:54
Yangiliklar

Qiziqarli!, Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlari-2030. O'zbekistonda musobaqa mezbonligi uchun imkoniyat qanday?

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Yaxshi bilasiz, O'zbekiston 2030 yilgi XXI Osiyo o'yinlarini o'tkazish uchun davogarlik qilmoqda.

Bu bo'yicha 14 may kuni Bosh vazir tomonidan "O'zbekistonda yozgi Osiyo o'yinlarini o'tkazishni tashkil etish to'g'risida"gi 401-sonli qaror imzolandi. Ushbu hujjatga asosan "O'zbekistonda yozgi Osiyo o'yinlarini o'tkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga mo'ljallangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo'yicha respublika ishchi guruhi" shakllantirildi va unga O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari Aziz Abduhakimov rais etib tayinlangan. Guruh tarkibida Jismoniy tarbiya va sport vaziri, MOQ prezidentidan tortib, Toshkent va Samarqand hokimlari, turli vazirliklar, agentlik va qo'mitalar masul xodimlari ism-shariflarini ko'rishimiz mumkin. 

Internet tarmog'idagi norasmiy malumotlarga tayanadigan bo'lsak, hozirda 2030 yilgi Osiyo Olimpiadasini qabul qilish uchun 7 ta mamlakat nomzod sifatida ko'rsatilgan. Ular:

Hindiston

Janubiy Koreya

Malayziya

Filippin

Tailand

Xitoy Taypeyi

O'zbekiston

Musobaqa mezbonligi uchun bizga Filippin yoki Hindiston asosiy raqobatchi bo'lishi mumkin. Filippin bungacha faqatgina 1954 yilgi musobaqani qabul qilgan va shu yili Janubiy-SHarqiy Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilmoqchi. Bu orqali filippinliklar nufuzli kompleks musobaqaga qay darajada tayyor ekanliklarini ko'z-ko'z qilmoqchilar. Hindiston esa 2026 yilgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari, 2032 yilgi Olimpiya o'yinlarini qabul qilmoqchi. SHu munosabat bilan hindlar etarli infratuzilmani yaratib oladilar va bu albatta etarlicha ustunlik beradi. Biroq, Hindiston shu kungacha ikki marotaba Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilgan. Osiyo Olimpiya Kengashi esa mezbonni aniqlashda musobaqa georgafiyasini kengaytirishga alohida ahamiyat beradi. Bu borada ustunlik hindistonliklarga qaraganda bizda ko'proq. 

O'zbekistonda ayni paytda mezbonlik bo'yicha hukumat darajasida jiddiy ish boshlangan. Respublika Bosh vaziri tomonidan buyurtmanoma imzolanganidan so'ng u Osiyo Olimpiya Kengashiga taqdim etiladi. SHundan so'ng O'zbekistonga musobaqani o'tkazish uchun zaruriy hujjatlar jo'natiladi. Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, O'zbekiston ushbu musobaqaga tayyorgarlik doirasida 2026 va 2028 yilda sinov tariqasida musobaqalarga mezbonlik qilmoqchi. 

Nomzodlar orasida shubhasiz O'zbekistonning imkoniyati yuqori. CHunki, bungacha O'zbekiston xech qachon Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilmagan. Yuqorida aytilganidek, musobaqa geografiyasi kengayishi uchun ham Osiyo Olimpiya Kengashi mazkur o'yinlar mezbonligini yurtimizga taqdim etishi mumkin. 

Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, shakllantirilgan ishchi guruh tomonidan 2020 yil 10 yanvarga qadar mavjud infratuzilmalar quvvatini tahlil qilish asosida amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlarni belgilash, qo'shimcha infratuzilmalarni yaratishga bo'lgan sarf-xarajatlarni, shuningdek, taqdim etilgan malumotlar, takliflar va hisob-kitoblarni kompleks tahlil qilish asosida takliflar ishlab chiqib, hukumatga kiritishi lozim. 

Rejaga ko'ra, Toshkent va Samarqand shaharlarida umumiy hisobda 30 000 kishini qabul qilishga mo'ljallangan Olimpiya shaharchalari bunyod etilishi lozim. Bu borada 2019 yilning sentyabr oyiga qadar yakuniy to'xtamga kelinadi. 

Agar O'zbekiston Osiyo o'yinlari mezbonligini qabul qilishga erishsa, bu biz uchun har tomonlama foydali bo'ladi:

-O'zbekistonni dunyoda yanada yaxshiroq taniy boshlashadi;

-Mamlakatimiz imidji ko'tariladi;

-Bu orqali O'zbekistonda mehmonxona, yo'l, transport infratuzilmasi yaxshilanadi;

-Yurtimizga qitamizning ko'plab mamlakatlaridan sayyohlar keladi, shu orqali turizm rivojlanadi va bu O'zbekistonga valyuta kirib kelishini taminlaydi;

-SHu bahona O'zbekistonda jahon standartiga javob beradigan sport inshootlari paydo bo'ladi.

Hali Osiyo o'yinlari Markaziy Osiyo mamlakatlarining xech birida o'tkazilmagan. Agar qabul qila olsak, bu borada mintaqamizda birinchi bo'la olamiz. Qiziq bo'ladi. Buning uchun yana ingliz tilini yaxshi biladigan ko'plab yoshlarimiz kerak bo'ladi. CHunki, bunday o'yinlarni tashkil etishda "volontyor", o'zbekcha qilib aytganimizda ko'ngillilarning o'rni juda katta bo'ladi. Aynan ular tashkiliy masalalarda mehmonlarning asosiy qismi bilan ishlashadi. 

Yuqorida qayd etib o'tganimizdek, ana shunday musobaqalardan so'ng bizni jahonda yanada yaxshiroq taniy boshlashadi. Sayyohlar O'zbekiston degan mamlakatni o'z ko'zlari bilan ko'rishga oshiqadilar. Misol uchun, 2018 yili Osiyo o'yinlari davomida Indoneziyaga (aynan musobaqa sabab) 200 000 dan ortiq odam tashrif buyurgan.  

To'g'ri ushbu musobaqaga mezbonlik qilish kattagina mablag' talab etadi. Oldinda qilinishi lozim bo'lgan ishlar ko'p. Eng avvalro aeroportlarimizni mana shunday sayyohlar oqimini qabul qila oladigan darajaga olib chiqish lozim. Mehmonxonalarimiz servisini ham talab darajasiga ko'tarish kerak. Aniq reja va belgilangan maqsad asosida ish ko'rilsa bularni ham amalga oshirsak bo'ladi. 


Aziz To'xtamurodov


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing