03 noy 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Entoni Joshua shu yil jang qilishini aytdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn uning 2025 yili ringga qaytishini tasdiqladi.
Jurnalist: Matchroom Boxing tashkiloti 15 noyabr, 13 dekabr va 27 dekabr kunlariga turnirlar belgilagan. Entoni Joshuani shulardan qaysi biridadir ko'ramizmi?
Xirn: Ha, — deb javob berdi Eddi Xirn Everything Boxing akkauntiga ko'ra.
Joshua — 36 yoshda. U professional boksda 2013 yildan beri faoliyat olib boradi. Hisobida 28 g'alaba (25 tasi muddatidan oldin) va 4 mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : Everything Boxing
Fikrlar