03 noy 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning jamoadoshi keyingi raqib kim bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi
Ukrainalik Aleksandr Usikning menejeri Sergey Lapin navbatdagi raqib haqida gapirdi.
Menejerning aytishicha, Usikning keyingi raqibi bo'lish uchun Mozes Itauma va Fabio Uordli o'rtasida jang tashkil etish kerak.
"Biz hali [Parker — Uordli] jangi natijasini Aleksandr bilan batafsil muhokama qilmadik, lekin u hayratda qolmagan deb o'ylayman. Bu — boks, har narsa bo'lishi mumkin. WBO tomonidan belgilangan qoidalar bor: yo tituldan voz kechasiz, yo majburiy himoya jangi o'tkazasiz. Bu erda hech qanday boshqa yo'l yo'q.
Mening shaxsiy fikrim shunday: Fabio bilan Itauma WBO chempioni unvoni uchun jang qilsa, juda yaxshi bo'lardi. Bu tomoshabop jang bo'ladi va har ikkisi uchun ham “boks boshlig'i” bilan to'qnashuv oldidan katta sinov bo'ladi", — dedi Lapin.

Havola :
Manba : Pro Boxing Fans
Fikrlar