So’nggi yangiliklar

18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 18:35Осиё ўйинларининг 11-кунида Ўзбекистон делегацияси 9 та медаль қўлга киритди 0 18:30Осиё ўйинлари. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Японияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлиб, финалга чиқолмади 0 17:03Ўзбекистон терма жамоаси самбочилари Грециядаги жаҳон чемпионатида иштирок этишади 0 16:00Манба: Отабек Шукуров фаолиятини Европада давом эттиради 0 19:30Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 19:09Президент шахматчиларимизни тақдирлаб, Янги Тошкентда 500 ўринли шахмат саройи қуришни таклиф қилди 0 18:44Буюк Британия парламенти аъзоси "Манчестер Сити"ни АПЛдан четлатишга чақирди 0 18:15Осиё ўйинларининг ўнинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:48Осиё ўйинларининг ўнинчи кунини 3 та медаль билан якунладик: уларнинг 2 таси олтин! 0 17:18Таэквондочиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:43"Манчестер Сити" АПЛ томонидан қўйилган айбловларга жавоб қайтариш ниятида 0 16:09Осиё ўйинлари: эртага тўрт нафар боксчимиз ярим финалда жанг қилади 0 15:16Осиё ўйинларига бормаган боксчиларимиз Хитойдаги турнирда қатнашишди 0 14:35Осиё ўйинларининг дзюдо беллашувларига қуръа ташланди. Ҳамюртларимизнинг илк рақиблари маълум 0

30 sen 18:35
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari, Aichi-Nagoya-2026

Osiyo o'yinlarining 11-kunida O'zbekiston delegaciyasi 9 ta medal qo'lga kiritdi

Teglar :  Osiyo o'yinlari
30 sentyabr kuni Yaponiyadagi Osiyo o'yinlarida o'n birinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun yakuniga ko'ra, O'zbekiston sport delegaciyasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Sovrindorlarimiz:

Oltin:

Sita Qadamboeva (dzyudo)

Aytjan Xalmaxanov (sport kurashlari)


Kumush:

Abdurahim Nutfulloev (dzyudo)

Rafael Cicuashvili (sport kurashlari)


Bronza:

Feruza Kazakova (boks)

Sitora Turdibekova (boks)

SHavkatjon Boltaev (boks)

Samariddin Qo'chqorov (dzyudo)

Jalgasbay Berdimuratov (sport kurashlari)




Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.


18:25. Futbol. Yaponiya bilan o'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa afsuski 8:9 hisobida mag'lub bo'ldik. Endi bronza medali uchun Xitoyga qarshi o'ynaymiz.  


17:15. Futbol. Afsuski 88-daqiqada gol o'tkazib yubordik. Yaponiya hisobni tenglashtirdi...


16:55. Tennis. Sevil Yuldasheva/Maksim SHin tandemi qozog'istonlik tennischilarga mag'lub bo'ldi. 


16:30. Futbolchilarimiz Yaponiyaga qarshi yarim final o'yinini o'tkazishmoqda - hozircha hisob 1:0. Oldindamiz!


16:15. Golf. O'zbekiston terma jamoasi bahslarni 17-o'rinda yakunladi.


16:00. Yunon-rum kurashi. Rafael Cicuashvili finalda eronlik raqibiga mag'lub bo'ldi... KUMUSH!


14:55. Dzyudo. Abdurahim Nutfulloev finalda mo'g'ulistonlik dzyudochiga imkoniyatni boy berdi va KUMUSH medalni delegaciyamiz hisobiga qo'shib qo'ydi!


14:51. Bronza! Jalgasbay Berdimuratov qozog'istonlik raqibidan ustun keldi va BRONZA medalini qo'lga kiritdi!


14:38. OLTINNNN!!! Yunon-rum kurashi. Aytjan Xalmaxanov yaponiyalik raqibdan ustun kelib, delegaciyamizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi!


14:35. OLTINNNN!!! Dzyudochimiz Sita Qadamboeva koreyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va OLTIN medalga sazovor bo'ldi!


13:55. Dzyudo. Samariddin Qo'chqorov tojikistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, BRONZA medaliga ega chiqdi. 


12:02. FINAL! To'rabek Habibullaev hindistonlik raqibini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi!


11:45. Velosport. Ayollar terma jamoamiz Janubiy Koreyaga qarshi bronza medali uchun kechgan bahsda mag'lub bo'lishdi. 


11:30. Boks. SHavkatjon Boltaev qozog'istonlik To'rexan Sabirxanga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi va musobaqani BRONZA medali bilan yakunlaydigan bo'ldi.  


11:20. Tennis. Sergey Fomin hindistonlik tennischiga 3:6, 2:6 hisoblarida mag'lub bo'ldi va yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi. 


11:00. Demak, soat 13:00dan so'ng dzyudoda, 14:00dan keyin esa sport kurashlarida medallar uchun bellashuvlar boshlanadi. Dzyudoda 2 ta final va 1 ta bronza, sport kurashlarida ham 2 ta final va 1 ta bronza uchun bahs bizni kutmoqda.


Dzyudo (13:00dan so'ng boshlanadi):

-60 kg: Samariddin Qo'chqorov - Loiq Qudbudinov (Tojikiston) (bronza uchun)

-52 kg: Sita Qadamboeva - Seyun Jang (Janubiy Koreya) (final)

-66 kg: Abdurahim Nutfulloev - Yolk Kazirbek (Mo'g'uliston) (final)



Sport kurashlari, yunon-rum kurashi (14:00dan so'ng boshlanadi):

-67 kg: Aytjan Xalmaxanov - Kyotaro Sogabe (Yaponiya) (final)

-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov - SHamil Ozaev (Qozog'iston) (bronza) 

-130 kg: Rafael Cicuashvili - Amin Mirzazade (Eron) (final)



10:48. Dzyudo. Abdurahim Nutfulloev ham finalda! U koreyalik raqibidan ustun keldi!


10:45. Dzyudo. Sita Qadamboeva mo'g'ulistonlik raqibasini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi!


10:35. Tennis. Humoyun Sultonov keyingi bosqichda! Janubiy Koreyalik tennischi 0:3 hisobidan so'ng o'yinni davom ettirmasligini malum qildi va Humoyun chorak finalga yo'l oldi.


10:27. Dzyudo. Samariddin Qo'chqorov yarim finalda yaponiyalik raqibga mag'lub bo'ldi. Endi u bronza uchun kurashadi. 


10:00. Slalomda eshkak eshish. Jonibek Temirgaliev finalni 4-o'rinda yakunladi. 


9:48. Boks. Sitora Turdibekova bizga malum bo'lgan Xitoy Taypeyi vakiliga qarshi jang qilib, 0:5 hisobida yutqazdi. Turdibekovada ham BRONZA!


9:39. Dzyudo. Laziza Haydarova bronza uchun o'tish bahsida tojikistonlik raqibasiga yutqazdi. 


9:20. Dzyudo. Abdurahim Nutfulloev xitoylik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.


9:14. Boks. Feruza Kazakova yarim finalda Olimpiada chempioni, xitoylik raqibasiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bokschimizda BRONZA!


9:09. Dzyudo. Sita Qadamboeva qozog'istonlik raqibasini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi. 


9:05. Yunon-rum kurashi. Jalgasbay Berdimuratovning raqibi finalga chiqqani uchun, hamyurtimizda bronza uchun kurashish imkoniyati paydo bo'ldi. Yunon-rum kurashida finallar uchun bellashuvlar soat 14:00dan so'ng boshlanadi. Ikkita final va bitta bronza uchun bahs yurtdoshlarimizni kutmoqda.


9:00. Suvga sakrash. Igor Myalin saralashni muvaffaqiyatli o'tkazib, finalga yo'l oldi. Ushbu final bugun 13:30da bo'ladi.


8:55. CHim ustida xokkey. O'zbekiston ayollar terma jamoasi Qozog'istonga 1:1 (2:4) hisoblarida mag'lub bo'ldi va musobaqani 12-o'rinda yakunladi.


8:52. Dzyudo. Samariddin Qo'chqorov bahraynlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi. 


8:45. Slalomda eshkak eshish. Jonibek Temirgaliev yarim finaldan muvaffaqiyatli o'tdi va finalga yo'l oldi.


8:40. Dzyudo. Samariddin Qo'chqorov va Abdurahim Nutfulloevda hozircha g'alabalar. Laziza Haydarova esa afsuski mag'lub bo'ldi.


8:33. Yunon-rum kurashi. Rafael Cicuashvili Janubiy Koreya, Qozog'iston, Turkmaniston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.


8:20. Yunon-rum kurashi. Jalgasbay Berdimuratov oldiniga xitoylik raqibini mag'lub etdi, keyin esa qirg'izistonlik kurashchiga yutqazdi.


8:09. Ayollar kurashi. Feruza Esenova ilk jangdayoq Qirg'iziston vakilasiga yutqazdi. 


8:02. Yunon-rum kurashi. Aytjan Xalmaxanov Xitoy, Saudiya Arabistoni va Qirg'iziston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.



Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing: 

(Toshkent vaqti bilan)


CHim ustida xokkey, ayollar, 9-12-o'rinlar uchun - 5:00 - Qozog'iston - O'zbekiston

Slalomda eshkak eshish (baydarka), erkaklar, yarim final - 6:30 - Jonibek Temirgaliev

Yunon-rum kurashi (-67 kg), nimchorak final - 6:30 - Aytjan Xalmaxanov - Leng Ji (Xitoy)

Golf, erkaklar - 6:35 - Sergey CHen

Yunon-rum kurashi (-87 kg), nimchorak final - 6:50 - Jalgasbay Berdimuratov - SHi Likuy (Xitoy)

Golf, erkaklar - 6:55 - Kanatbek Qurbonaliev

Yunon-rum kurashi (-130 kg), nimchorak final - 7:05 - Rafael Cicuashvili - Kim Minseok (Koreya Respublikasi)

Dzyudo, erkaklar (-60 kg) - 7:00 dan so'ng - Samariddan Qo'chqorov - B. Vikas (Nepal)

Dzyudo, erkaklar (-66 kg) - 7:00 dan so'ng - Abdurahim Nutfulloev - Keysey Nakano (Filippin)

Dzyudo, ayollar (-52 kg) - 7:00 dan so'ng - Sita Qadamboeva - Meruert Sarsenova (Qozog'iston)/Touki Sengdake (Laos) bahsi g'olibiga qarshi;

Dzyudo, ayollar (-60 kg) - 7:00 dan so'ng - Samariddan Qo'chqorov - B. Vikas (Nepal)

Golf, erkaklar - 7:20 - Akbarjon Inoyatov

Ayollar kurashi (-68 kg), chorak final - 7:40 - Firuza Esenbaeva - Meyerim Jumanazarova (Qirg'iziston)

Suvga sakrash, erkaklar, 10 m tramplin - 8:00 - Igor Myalin

Suvga sakrash, erkaklar, 10 m tramplin - 8:00 - Amal Mavlonov

Boks, ayollar (-51 kg), yarim final - 9:00 - Feruza Kazakova - Vu YU (Xitoy)

Boks, ayollar (-60 kg), yarim final - 9:30 - Sitora Turdibekova - Lin YU Ting (Xitoy Taypeyi)

Boks, erkaklar (-70 kg), yarim final - 11:00 - SHavkatjon Boltaev - Torexan Sabirxan (Qozog'iston)

Velotrek, ayollar, jamoaviy taqib, bronza medali uchun - 11:28 - O'zbekiston ayollar terma jamoasi

Boks, erkaklar (-90 kg), yarim final - 11:30 - To'rabek Habibullaev - Kapil Pokxariya (Hindiston)

Tennis, erkaklar - 13:00 - Humoyun Sultonov - Sun Vu Kvon (Janubiy Koreya)

Tennis, erkaklar - 13:00 - Sergey Fomin - Sumit Nagal (Hindiston)

Tennis, miks - 15:00 - Sevil Yuldasheva/Maksim SHin - Anna Danilina/Aleksandr SHevchenko (Qozog'iston)

Futbol, erkaklar, yarim final - 15:30 - O'zbekiston - Yaponiya.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing