25 sen 09:20
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining 6-kunida ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilarning barcha natijalari bitta sahifada (LIVE)
Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.
10:23. Stol tennisi. SHohruh Iskandarov Gonkong vakiliga 1:4 hisobida yutqazdi.
10:15. Gandbol. Qizlarimiz Vetnam terma jamoasini 29:21 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
10:12. Futbolchilarimiz Saudiya Arabistoni darvozasiga gol urishdi. JONLI EFIR UCHUN LINK
10:00. Stol tennisi. Asel Erkebaeva gonkonglik raqibasiga 2:4 hisobida yutqazdi.
9:40. Qilichbozlik. Bugun jamoamiz bahslar o'tkazilmoqda. Terma jamoalarimiz qayd etgan natijalar:
Ayollar (shpaga):
1/8 final: O'zbekiston - Hindiston 45:29
1/4 final: O'zbekiston - Singapur 41:42
Erkaklar (rapira)
1/4 final: O'zbekiston - Gonkong 33:45
9:30. Engil atletikaning ettikurash bahslarida qatnashayotgan O'g'iloy Norboeva uzunlikka sakrash va nayza uloqtirishda chiqish qildi. Ushbu ikkita chiqishdan keyin hamyurtimiz umumiy hisobda 5-o'rinni band etib turibdi.
9:23. Abdumalik Xalokov SHimoliy Koreya vakilini ishonchli tarzda 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak final ishtirokchisiga aylandi.
9:00. Boks. Nigina O'ktamova tojikistonlik raqibasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi.
8:55. Stol tennisi. Arujan Kamalova qozog'istonlik raqibasiga 0:4 hisobida yutqazdi.
8:45. O'q otish. Javohir Sohibov ham saralashda finalga etarli natija ko'rsata olmadi. 18-o'rin.
8:30. O'q otish. Miks bahslarida 10-natijani ko'rsatdik. Bu finalga chiqishga etarli bo'lmadi.
8:19. Stol tennisi. Juftlikda erkaklar terma jamoamiz Singapurga 0:3 hisobida yutqazdi.
8:12. Kanoeda eshkak eshish. 500 metr juftlik bahslarida Nilufar Zokirova va SHohsanam SHerzodova tandemi marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va O'zbekiston delegaciyasi g'aznasiga kumush medalni qo'shib qo'ydi.
8:05. Kanoeda 500 metrga eshkak eshishda Vladlen Denisov ham kumush medalga sazovor bo'ldi.
8:00. Kunning ilk medali kumush bo'ldi! Baydarkada eshkak eshish, ayollar (to'rtlik), 500 m A finali. Milana Dushev-Yanich/Ekaterina SHubina/Arina Tanatmisheva/SHahrizoda Mavlonova to'rtligi marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va O'zbekiston delegaciyasiga kumush medalni qo'shib qo'ydi.
7:12. Suzish. Ilya Sibircev 400 metrga erkin suzishda eng yaxshi natija bilan finalga yo'l oldi.
7:00. Suzish. 50 metrga brass usulida qatnashgan vakillarimiz Muhammadismoil Rahmonov va Iskandar Sadullaev finalga etarli natija qayd eta olishmadi. Barchasi saralashda tugadi bu yigitlar uchun.
25 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
(Toshkent vaqti bilan)
Ot sporti, ayollar, ot yo'rttirish saralashi - 5:30 - Alina SHevsova
O'q otish, mikst, 10 m masofaga pnevmatik to'pponchadan o'q uzish saralashi - 5:45 - Muhammad Kamolov/Nigina Saidqulova
Engil atletika, ayollar, ettikurash - 6:00 - O'g'iloy Norboeva
Baydarkada eshkak eshish, erkaklar (juftlik), 500 m yarim finali - 6:00 - Ziyodbek Yo'ldoshaliev/SHahriyor Mahkamov
Suzish, erkaklar, 50 m brass saralashi - 6:08 - Iskandar Sadullaev
Suzish, erkaklar, 50 m brass saralashi - 6:10 - Muhammadismoil Rahmonov
Qilichbozlik, ayollar (jamoaviy), shpaga - 6:30 - O'zbekiston - Hindiston
Suzish, erkaklar, 400 m erkin usulda suzish saralashi - 6:45 - Ilya Sibircev
O'q otish, erkaklar, 50 m pnevmatik miltiqdan o'q uzish saralashi - 6:45 - Javohir Sohibov
Baydarkada eshkak eshish, ayollar (to'rtlik), 500 m A finali - 7:40 - Milana Dushev-Yanich/Ekaterina SHubina/Arina Tanatmisheva/SHahrizoda Mavlonova
Stol tennisi, erkaklar (juftlik) - 7:45 - Diyorbek Dilshodov/SHohruh Iskandarov - Quek Yong/Pang YU En (Singapur)
Kanoeda eshkak eshish, erkaklar, 500 m A finali - 7:50 - Vladlen Denisov
Stol tennisi, ayollar - 8:30 - Arujan Kamalova - Zauresh Akasheva (Qozog'iston)
Gandbol, ayollar - 8:30 - Vetnam - O'zbekiston
Boks, ayollar (54 kg) - 8:45 - Nigina O'ktamova - Bibinashastamo Xolova (Tojikiston)
Boks, erkaklar (60 kg) - 9:00 - Abdumalik Xalokov - O Tae Bom (SHimoliy Koreya)
Stol tennisi, ayollar - 9:15 - Asel Erkebaeva - C Cung Su (Gongkong)
Stol tennisi, erkaklar - 10:00 - SHohruh Iskandarov - CHun Ting Vong (Gongkong)
Futbol, erkaklar, chorak final - 10:00 - O'zbekiston - Saudiya Arabistoni
Sohil voleyboli, erkaklar - 11:00 - O'zbekiston - Yaponiya
CHim ustida xokkey, ayollar - 13:00 - Singapur - O'zbekiston
Sport gimnastikasi, erkaklar, parallel brust finali - 13:00 - Rasuljon Abdurahimov
Sport gimnastikasi, ayollar, erkin mashq finali - 13:00 - Dildora Aripova
Engil atletika, erkaklar, 100 m saralashi - 15:30 - Sulton G'ofurjonov
Futbol, ayollar, chorak final - 15:30 - Koreya Respublikasi - O'zbekiston
Engil atletika, erkaklar, bosqon uloqtirish finali - 16:40 - Ayubxon Fayozov
Engil atletika, erkaklar, bosqon uloqtirish finali - 16:40 - Suhrob Xojaev
Engil atletika, ayollar, 400 m saralashi - 17:30 - Jonbibi Hukmova
Engil atletika, erkaklar, 400 m saralashi - 17:45 - Abbosbek Toshtemirov.
Fikrlar