24 sen 18:15
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining beshinchi kunida 16 ta medal: shularning 5 tasi oltin!
Kun davomida o'zbekistonlik sportchilar 5 ta oltin, 8 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Sovrindorlarimiz:
Oltin:
SHohsanam SHerzodova (kanoeda eshkak eshish)
SHahzod Nurmatov/Sobirjon Safaroliev (akademik eshkak eshish)
Vladimir Svechnikov (o'q otish)
O'tkirbek Jo'raev (sport gimnastikasi)
SHarifa Davronova (engil atletika)
Kumush:
SHaxboz Xolmurzaev (akademik eshkak eshish)
Mehrojbek Mamatqulov/Pavel Sorin (akademik eshkak eshish)
Rayhon Sattorova/Mariya Sergeeva/Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva (akademik eshkak eshish)
Artur Guliev/Vladlen Denisov (kanoeda eshkak eshish)
Anna Prakaten (akademik eshkak eshish)
Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva (akademik eshkak eshish)
Fazliddin Karimov/Dilshodjon Xudoyberdiev/Maksim Golubev/Alisher Turdiev (akademik eshkak eshish)
Zaynab Dayibekova (qilichbozlik)
Bronza:
Alisher Turdiev/Maksim Golubev (akademik eshkak eshish)
Arina Tanatmisheva/Ekaterina SHubina (baydarkada eshkak eshish)
SHahboz Xolmurzaev/Davrjon Davronov/Mehrojbek Mamatqulov/Pavel Sorin (akademik eshkak eshish)
Beshinchi kun yakuniga ko'ra, delegaciyamiz hisobidagi medallar soni 6 ta oltin, 12 ta kumush va 8 ta bronzani tashkil etadi.
Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.
17:55. Engil atletikaning disk uloqtirish yo'nalishida Azizbek Nurillaev o'z chiqishini 7-o'rin bilan yakunladi.
17:17. OLTINNN!!! Engil atletikaning uch xatlab sakrash bahslarida SHarifa Davronova 14.35 metr natija ko'rsatdi va oltin medalga sazovor bo'ldi!
16:20. Engil atletika. 100 metrga yugurish bahslarida Sulton Gafurjonov 10.59 natija bilan finalga yo'l ololmadi.
15:50. Engil atletika. Laylo Allaberganova 100 metrga yugurish bahslarida o'z guruhida marraga 6-bo'lib etib keldi va finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
15:45. OLTINNN!!! O'tkirbek Jo'raev sport gimnastikasida delegaciyamizga oltin medal taqdim etmoqda!
15:05. Qilichbozimiz Zaynab Dayibekova finalda mezbon sportchi, ikki karra Jahon chempioni Misaki Emuraga 14:15 hisobida yutqazdi va musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
14:45. Oksana CHusovitina o'z chiqishini 13,266 ball bilan yakunladi. Bu natija hamyurtimizga medal uchun etarli bo'lmadi.
14:27. Bokschimiz Navbahor Hamidova Janubiy Koreya vakilasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi.
14:00. Ilya Sibircev 800 metrga erkin usulda suzish bahslarida beshinchi natijani ko'rsatdi. Medalsiz qoldik.
13:53. Zaynab Dayibekova xitoylik raqibasini 15:8 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi!
13:40. Suv polosi bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Qozog'istonni 14:13 hisobida mag'lub etdi.
13:30. Stol tennisi. SHohruh Iskandarov mo'g'ulistonlik raqibini 4:2 hisobida mag'lub etdi.
13:10. Suzish. Eldorbek Usmonov 50 metrga batterflyay usulida suzish finalida ettinchi natijani ko'rsatdi.
13:00. Fazliddin Karimov/Dilshodjon Xudoyberdiev/Maksim Golubev/Alisher Turdiev kvarteti akademik eshkak eshishning erkaklar o'rtasidagi to'rtlik dasturida 5:51.68 soniya natija bilan ikkinchi bo'ldi va kumush medalga ega chiqdi.
12:39. Bronza medali! SHahboz Xolmurzaev/Davrjon Davronov/Mehrojbek Mamatqulov/Pavel Sorin to'rtligi quadruple dasturida 5:48.96 soniya natija qayd etdi va hisobimizga bronza medalini taqdim etdi. Oltin medal xitoyliklarga nasib etgan bo'lsa, indoneziyalik eshkakchilar ikkinchi natijani rasmiylashtirdi.
12:19. OLTIIIIIN! Vladimir Svechnikovdan shedevr! O'q otuvchimiz xitoylik raqiblarini ortda qoldirib, to'rtinchi oltinimizga mualliflik qildi! Svechnikov o'z urinishlari doirasida 244.3 jamg'arib, xitoylik raqiblarini ortda qoldirdi!
12:18. Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva juftligi akademik eshkak eshish bahslarida hisobimizga yana bir kumush medalni taqdim etdi! Sportchilarimiz marra chizig'ini 7:08.08 soniyada bosib o'tdi. Oltin medal xitoyliklarga nasib etdi.
11:37. BIZDA OLTIIIIN! SHahzod Nurmatov va Sobirjon Safaroliev engil vaznli qayiqlar juftligi dasturida hisobimizga oltin medalni taqdim etdi! Sportchilarimiz 6:19.94 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi va raqiblarini qariyb 4 soniyaga ortda qoldirdi.
11:28. Zaynab Dayibekova hamda Guliston Perdebaeva ishtirokidagi "o'zbek derbisi"da Zaynab 15:14 hisobida ustun keldi. Dayibekovaning yarim finaldagi raqibi xitoylik Pan Qimiao bo'ladi. Jang 13:40 dan keyin boshlanadi.
11:19. Akademik eshkak eshishning engil vaznli qayiq yakkaligida ishtirok etgan Firdavs Oxunov 7:09.21 soniya natija bilan A finalini oltinchi o'rinda yakunladi.
11:10. CHim ustida xokkey. Erkaklar terma jamoamiz O'monga qarshi bahsda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Keyingi o'yin 26 sentyabr kuni Xitoyga qarshi bo'ladi.
10:56. Guliston Perdebaeva ham g'alabali yurishini davom ettiryapti! U nimchorak final bosqichida Gongkong vakilasi Lok Leongni 15:11 hisobi bilan taslim etdi. Afsuski, bayroqdorimizning chorak finaldagi raqibi Zaynab Dayibekova bo'ladi...
10:45. Bokschimiz SHavkatjon Boltaev (70 kg) nimchorak final bosqichida ringga chiqdi. Koreya Respublikasi vakili Kim Junsuga qarshi bahsda vakilimiz 4:1 hisobida zafar quchdi.
10:40. Zaynab Dayibekova (qilichbozlik, sablya) chorak finalda! U nimchorak final bosqichida eronlik Nazmi Sazanjianni 15:2 hisobida dog'da qoldirdi.
10:37. SHpaga dasturidagi qilichbozlarimiz Vadim Anoxin hamda Meyirxan Timurov Osiyo o'yinlarida ishtirokini yakunlashdi. Har ikki sportchi nimchorak final bosqichida imkoniyatni boy berishdi.
10:34. Baydarkachimiz SHahriyor Mahkamov 500 m masofaga yakkalik dasturi saralashida 1:43.611 soniya natija bilan o'z guruhida birinchi bo'ldi va A finaliga yo'l oldi.
10:25. Ctol tennischimiz SHohruh Iskandarov dastlabki bosqichda mo'g'ulistonlik Temulen Myandalni 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
10:17. Yana bir kumush! Anna Prakaten akademik eshkak eshishning ayollar o'rtasidagi yakkalik bellashuvlarida 7:23.99 soniya bilan marra chizig'ini ikkinchi bo'lib kesib o'tdi va delegaciyamiz hisobiga kumush medalni taqdim etdi
9:05. To'pponchadan o'q otishda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi beshinchi o'rin bilan bahslarni yakunladi. Medalga biroz etmadi.
8:50. Engil atletika. Ettikurashda qatnashayotgan O'g'iloy Norboeva balandlikka sakrash bahslarida uchinchi natijani ko'rsatdi. Ikkita yo'nalishdan so'ng hamyurtimiz umumiy hisobda beshinchi o'rinni band etib turibdi. Yana beshta yo'nalishda ochko to'plash imkoniyati bor.
8:45. Bokschimiz Feruza Kazakova tailandlik raqibasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
8:30. Stol tennisi. Dilshodbek Diyorov SHimoliy Koreya vakiliga 0:4 hisobida yutqazdi.
8:02. Kanoeda eshkak eshuvchilarimiz Artur Guliev va Vladlen Denisov kumush medalga ega chiqdi.
7:55. Kanoeda eshkak eshish. Tanatmisheva/SHubina juftligi 500 metrga eshkak eshishda bronza medaliga sazovor bo'ldi.
7:40. OLTIN! SHoxsanam SHerzodova 200 metrga kanoeda eshkak eshish bahslarida marraga birinchi bo'lib etib keldi!
7:00. Qilichbozlarimiz Vadim Anoxin va Meyirxan Temurov saralashdagi ishtiroklarini boshlashdi. Hozircha yaxshi ketishmoqda.
6:50. Suzishning 200 m brass yo'nalishi saralashida qatnashgan Muhammadismoil Rahmonov o'z guruhida 6-bo'lib marraga etib keldi va finalga chiqa olmadi.
6:47. Akademik eshkak eshish. Ayollar o'rtasidagi to'rtlik bahslarda jamoamiz (Rayhon Sattorova/Mariya Sergeeva/Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva) marraga ikkinchi bo'lib keldi va kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.
6:36. Engil atletika. Ettikurashchimiz O'g'iloy Norboeva 100 metrga to'siqlar osha yugurish bahslarida 7-natijani qayd etdi. Ettikurashda 10 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Yana 6 ta chiqish yakuniga ko'ra medallar egasi aniqlanadi.
6:35. Suzish. Eldorbek Usmonov 50 metrga batterflyay suzish bahsida o'z guruhida birinchi bo'ldi va finalga yo'l oldi. U saralashda beshinchi natia bilan final ishtirokchisiga aylandi.
6:30. Stol tennischi qizlarimiz Gonkongga 1:3 hisobida yutqazishdi.
6:27. Akademik eshkak eshish. Alisher Turdiev/Maksim Golubev tandemi marraga uchinchi bo'lib etib keldi va bronza medalini delegaciyamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.
5:55. O'q otuvchilarimiz bahslarga kirishdi.
5:06. Akademik eshkak eshish. Mehrojbek Mamatqulov/Pavel Sorin juftligi ham marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va delegaciyamizga kumush medalni taqdim etdi.
4:48. Akademik eshkak eshuvchimiz SHaxboz Xolmurzaev kumush medalga sazovor bo'ldi!
Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
(Toshkent vaqti bilan)
Akademik eshkak eshish, erkaklar (yakkalik), A finali - 4:40 - SHahboz Xolmurzaev
Akademik eshkak eshish, erkaklar (ikkitalik qayiq), A finali - 5:00 - Mehrojbek Mamatqulov/Pavel Sorin
O'q otish, erkaklar (10 m pnevmatik to'pponchadan otish), saralash - 5:45 - Muhammad Kamolov
O'q otish, erkaklar (10 m pnevmatik to'pponchadan otish), saralash - 5:45 - Sodiqjon Abdullaev
O'q otish, erkaklar (10 m pnevmatik to'pponchadan otish), saralash - 5:45 - Vladimir Svechnikov
O'q otish, erkaklar jamoaviy (10 m pnevmatik to'pponchadan otish), saralash - 5:45 - Muhammad Kamolov, Sodiqjon Abdullaev, Vladimir Svechnikov
Stol tennisi, ayollar (juftlik), saralash - 6:00 - Arujan Kamalova/Asel Erkebaeva - Kem Xoy Du/ Lam Ving Ng (Gongkong)
Engil atletika, ettikurash - 6:00 - O'g'iloy Norboeva
Qilichbozlik, erkaklar (shpaga) - 6:00 dan so'ng - Meyirxan Timurov
Qilichbozlik, erkaklar (shpaga) - 6:00 dan so'ng - Vadim Anoxin
Suzish, 50 m batterflyay, saralash - 6:10 - Eldorbek Usmonov
Akademik eshkak eshish, erkaklar (juftlik), A finali - 6:20 - Maksim Golubev/Alisher Turdiev
Suzish, 200 m brass, saralash - 6:30 - Muhammadismoil Rahmonov
Akademik eshkak eshish, ayollar (to'rtlik), A finali - 6:40 - Rayhon Sattorova/Mariya Sergeeva/Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva
Kanoeda eshkak eshish, ayollar (200 m), A finali - 7:30 - SHohsanam SHerzodova
Qilichbozlik, ayollar (sablya) - 7:45 - Guliston Perdebaeva
Qilichbozlik, ayollar (sablya) - 7:45 dan so'ng - Zaynab Dayibekova
Baydarkada eshkak eshish, ayollar juftligi (500 m), A finali - 7:50 - Arina Tanatmisheva/Ekaterina SHubina
Kanoeda eshkak eshish, erkaklar juftligi (500 m), A finali - 8:00 - Artur Guliev/Vladlen Denisov
Stol tennisi, erkaklar, saralash - 8:05 - Diyorbek Dilshodov - Sik Jong Ri (SHimoliy Koreya)
Boks, ayollar (51 kg) - 8:30 - Feruza Kazakova - Raksat CHuthamat (Tailand)
Stol tennisi, erkaklar, saralash - 8:50 - SHohruh Iskandarov - Temuleen Myandal
CHim ustida xokkey, erkaklar - 9:00 - O'mon - O'zbekiston
Akademik eshkak eshish, ayollar (yakkalik), A finali - 10:10 - Anna Prakaten
Boks, erkaklar (70 kg) - 10:15 - SHavkatjon Boltaev - Kim Junsu (Koreya Respublikasi)
Baydarkada eshkak eshish, erkaklar (500 m), saralash - 10:30 - SHahriyor Mahkamov
Akademik eshkak eshish, erkaklar (engil vaznli qayiq juftligi), A finali - 11:30 - SHahzod Nurmatov/Sobirjon Safaroliev
Suv polosi, ayollar - 11:45 - O'zbekiston - Qozog'iston
Akademik eshkak eshish, ayollar (juftlik), A finali - 12:10 - Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva
Akademik eshkak eshish, erkaklar (Quadruple), A finali - 12:30 - SHahboz Xolmurzaev/Davrjon Davronov/Mehrojbek Mamatqulov/Pavel Sorin
Akademik eshkak eshish, erkaklar (to'rtlik), A finali - 12:50 - Fazliddin Karimov/Dilshodjon Xudoyberdiev/Maksim Golubev/Alisher Turdiev
Sport gimnastikasi, ayollar (tayanib sakrash), final - 13:00 - Oksana CHusovitina
Sport gimnastikasi, erkaklar (ot ustida mashq), final - 13:00 - O'tkirbek Jo'raev
Sport gimnastikasi, erkaklar (ot ustida mashq), final - 13:00 - Ravshan Komiljonov
Suzish, 800 m erkin usulda, A finali - 13:45 - Ilya Sibircev
Boks, ayollar (65 kg) - 14:00 - Navbahor Hamidova - Seon Sujin (Koreya Respublikasi)
Engil atletika, 100 m, saralash - 15:30 - Laylo Allaberganova
Engil atletika, uch hatlab sakrash, final - 15:45 - SHarifa Davronova
Engil atletika, 100 m, saralash - 16:08 - Sulton G'ofurjonov
Engil atletika, disk uloqtirish, final - 16:55 - Azizbek Nurilloev
Fikrlar