So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

07 sen 20:27
Yangiliklar

Qilichbozlik

Osiyo qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti MOQga tashrif buyurdi

Ayni kunlarda poytaxtimiz qilichbozlik bo'yicha “Satellit” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.

Tokio Olimpiadasiga licenzion ochkolar taqdim qiladigan mazkur musobaqa ko'plab mutaxassislar nigohida bo'lishi shubhasiz. Musobaqani kuzatish uchun tashrif buyurgan Osiyo qilichbozlik konfederaciyasi rahbari Dayrit Selso Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonga Pan-Amerika qilichbozlik konfederaciyasi rahbari Vitaliy Logvin hamrohlik qildi. Mehmonlarni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. 

“Yurtimizga qilgan tashrifingiz uchun yana bir bor tashakkur aytaman. Toshkent tobora yirik sport markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Avvalo, bunda yurtboshimiz boshchiligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan etiborning o'rni katta. O'zbekiston o'zining mashhur sportchilari bilan ham shuhrat qozongan. Oddiy misol, 3 yil muqaddam o'tkazilgan Rio Olimpiadasida terma jamoamiz umumjamoa hisobida 207 mamlakat orasida 21-pog'onani egallagan. Bizda har yili qilichbozlik bilan shug'ullanuvchilar soni 20-30 foizga ortib boryapti. Hamkorligimiz samarasi o'laroq O'zbekistonda nafaqat sport, balki, qilichbozlik ham jadal rivoj topmoqda”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

O'z navbatida Dayrit Selso ham sportning yurtimizdagi rivojlanishi va tashrif taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Darhaqiqat, O'zbekiston MOQning bunday ko'rkam binosini ko'rib hayratdaman. Men Filippin Olimpiya qo'mitasida rahbarlik qilsam ham, bizning tashkilot bunday zamonaviy inshootda faoliyat olib bormaydi. O'zbekiston sport sohasida Markaziy Osiyo mintaqasida etakchiga aylanib ulgurdi. Bunga asosiy sabab deb mamlakatingizda qilichbozlik va boshqa sport turlarining kuchli maktabi borligini ko'rsatib o'ta olaman. Misol uchun, Sobir Ro'zievdek qilichbozni butun dunyo taniydi. Jahon sportida qilichbozlikdan chiqqan vakillar har erda etakchilar qatorida. Jumladan, zamonaviy Olimpiya o'yinlari asoschisi baron Per de Kuberten, hozirgi Xalqaro Olimpiya qo'mitasi rahbari Tomas Bax ham qilichboz bo'lishganini aytib o'tish mumkin. Ilgari Xitoy, Yaponiya, Koreya kabi davlat vakillari ko'p jabhada etakchilik qilishardi. Hozirda ularga keskin raqobat tug'dira oladigan jamoalar shakllangan. Bu esa Osiyoning o'zida 5 ta mintaqaviy konfederaciyalar ochilganining natijasi. Markaziy Osiyo konfederaciyasining tashkil qilinishini biz qo'llab-quvvatlaymiz. Bu qilichbozlikning Osiyo mintaqasi bo'ylab bir xil suratda o'sishini taminlaydi. Kelajakda O'zbekiston tomoni bilan shunday yaqin hamkorlik qilishdan mamnunmiz”, – deydi Dayrit Selso.

Suhbat davomida o'zaro hamkorlik borasidagi katta dasturlar muhokama qilindi. Uchrashuv yakuniga etgach mehmonga MOQning esdalik sovg'alari taqdim etildi.

SHuningdek, janob Dayrit Selso tashrifi davomida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing