20 mar 14:54
Yangiliklar
Futbol
O'smirlarimiz ikkinchi uchrashuvda jangovar durang o'ynashdi
Ayni kunlarda O'zbekiston U17 terma jamoasi Marokashda yig'in o'tkazmoqda.
Bugun Sergey CHigodaev shogirdlari Marokash U17 terma jamoasiga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang natijasi bilan yakunlandi.
O'smirlarimiz safida Abduraimov va Ravshanbekov o'z hisoblariga gol yozib qo'yishdi. Bu ikki terma jamoa o'rtasidagi birinchi o'rtoqlik o'yinida o'smirlarimiz 4:3 hisobida g'alaba qozongandi.

Havola :
Fikrlar