25 sen 14:31
Yangiliklar
Futbol

Otabek SHukurov faoliyatini qaerda davom ettirishi malum
O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Otabek SHukurov yana legioner maqomida o'ynaydi.
Malumotlarga ko'ra, tajribali yarim himoyachi faoliyatini "Al Vahda"da davom ettirishga yaqin. Futbolchi so'nggi bor Saudiya Arabistonining "Al Fayha" jamoasi sharafini himoya qilgan va yozda ushbu klub bilan shartnomasi nihoyasiga etgandi.
Malumot o'rnida, "Al Vahda" BAA chempionatida 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Avvalroq 29 yoshli futbolchi Eronning "Persepolis" va "Istiqlol" klublari taklif bilan chiqqani, ammo ularni rad etganini malum qilgan edi.
Havola :
Fikrlar