14 okt 22:22
Yangiliklar

Otabek Umarov O'zbekistondagi MMA, Xabibning tashrifi va GFC turniri haqida malumot berdi
"Hurmatli do'stlar! ⠀
Menga MMA sport turi haqida juda ko'p yozishadi. Insonda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va ishonchni oshiradigan hamda turli yo'nalishlardagi sportchilarni birlashtiruvchi ushbu sport turini rivojlantirish haqida takliflar berishadi.⠀
Bu yo'nalishda ancha ishlarni amalga oshirdik. Buning samaralaridan biri sifatida tez kunlarda o'tkazilishi kutilayotgan GFC turnirini misol qilishimiz mumkin. Bu O'zbekistonda MMA bo'yicha birinchi turnirdir. ⠀
SHou doirasida O'zbekistondan etti nafar, Nurmagomedov zalidan esa olti nafar sportchilar chiqish qiladi. Hamda ushbu turnir doirasida 23 noyabr kuni taniqli sportchi Habib bilan uchrashuv tashkil etayotganimizni malum qilamiz. Uni yuqori darajada tashkil etish uchun imkon qadar harakat qilamiz", - deb xabar qoldirdi Otabek Umarov.
Fikrlar