So’nggi yangiliklar

09:45"Интер" B Сериядан футболчи сотиб олди 0 09:24Бивол навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 09:03"Волкановски осон йўл изламайди" — UFC собиқ чемпиони 0 08:42"Тимсоҳ кенгуруни еб қўйди" - Бенуа Сен-Дени Хукерга қарши жанг ҳақида 0 08:21Отасига эмас, Роналдиньога ўхшашни хоҳлайдиган, гол нишонлагани учун жамоадан ҳайдалган "Бухоро"нинг икки ниқобли легионери билан танишамиз 0 08:00"Барча кутмоқда, лекин..." Биволнинг мураббийи Бетербиевга қарши трилогия ҳақида гапирди 0 07:39Камилла Раҳимова 36 яшар дунёнинг 36-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 07:18Диего Лопес: "Баҳона йўқ!" 0 06:57Карим Бензема "Ал Ҳилол" футболчисига айланди 0 19:30ATP рейтинги. Алькараз пешқадамликни сақлаб қолди, Сергей Фомин кўтарилди 0 19:06Мовсар Евлоев Волкановскининг ғалабасига илиқ муносабат билдирди 0 18:45Қиличбоз қизларимиз Жаҳон кубоги босқичида шоҳсупага кўтарилишди 0 18:24"Бу менинг муаммом эмас". "Ал Иттиҳод" бош мураббийи Бензема ҳақида фикр билдирди 0 18:01Жервонта Дэвис қамоқдан гаров пули эвазига озод қилинди 0 17:39Нодирбек Абдусатторов: "Йиллар давомида ғалабага жуда яқин келиб, ҳар сафар бироз етмай қоларди" 0

03 fev 08:21
Yangiliklar

Futbol

Otasiga emas, Ronaldinoga o'xshashni xohlaydigan, gol nishonlagani uchun jamoadan haydalgan "Buxoro"ning ikki niqobli legioneri bilan tanishamiz

"Buxoro" klubi yangi mavsum arafasida gruziyalik hujumchi Nika Kacharavani o'z safiga qo'shib oldi.

Garchi transfer rasman elon qilinmagan bo'lsa-da, ko'plab mahalliy va xorijiy nashrlar kelishuv haqida yozishgan. Quyidagi maqolada futbolchining bosib o'tgan yo'li bilan tanishamiz.

Nika Kacharava 1994 yil Kiprda tavallud topgan. U mashhur futbolchi Kaxa Kacharavaning o'g'li. O'zining aytishicha, otasining futbolchi bo'lgani uning faoliyatiga katta tasir ko'rsatgan. Biroq Nika doim "Kaxaning o'g'li" deya atashlaridan ko'ra, o'z ismi bilan tanilishni va otasidan ham ko'proq yutuqlarga erishishni istaydi. Uning bolalikdagi kumiri Ronaldino bo'lgan.

Bolalikda hammamiz kimgadir taqlid qilganmiz. Men Ronaldinoga o'xshashni xohlardim. 

U Kiprda tug'ilgan, chunki o'sha paytda otasi shu mamlakatda to'p tepardi. Keyinroq oilasi bilan Germaniyada yashagan va 6-7 tellurida Tbilisiga qaytgan.

Kipr men uchun begona joy emas. SHu erda tug'ilganman. Faoliyatimning katta qismi ushbu o'lkada o'tgan. Kipr ikkinchi vatanimdek bo'lib qolgan. Dadam ham ilgari futbolchi bo'lgan va bu jihat futbolchi bo'lishimga asosiy sababdir. 11-12 yoshimda yarim himoyachi edim, bo'yim o'sganidan so'ng hujumchiga aylandim.

"Dinamo Tbilisi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi maktabni bitirib, universitetga o'qishga kirgan. Ammo Rossiyaga ("Rubin" klubiga) ko'chib o'tgach, vaqt va masofa tufayli o'qishni to'xtatib turishga majbur bo'lgan. U professional futbolchilik faoliyatini Qozonning "Rubin" yoshlar jamoasida boshlagan, ammo asosiy tarkibda o'ynab keta olmagan.

Uning porlashi "Cxinvali"da sodir bo'lgan. U 2014/15 yilgi mavsum Gruziya chempionatining eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topilgan. 2015/16 mavsumning birinchi yarmida esa 15 o'yinda 13 ta gol urib, Rossiyaning "Rostov" klubi etiborini tortgan. Biroq Qurbon Berdiev jamoasida o'rin topa olmagan va asosan ijarada vaqt o'tkazgan.

Asosan yomon o'yindan keyin uxlash qiyin bo'ladi. Bir–bir yarim soat davomida faqat o'yin haqida o'ylayman: nimani yaxshiroq qilish mumkin edi, nega men xohlagandek chiqmadi va hokazo. Yutgan o'yinimizdan keyin esa, gol urganimdan so'ng 5-10 daqiqalik suhbat bo'ladi xolos. Yaxshi o'ynaganingdan keyin ko'p gapirishga hojat qolmaydi.

2016–2021 yillar mobaynida forvard Kiprning "Etnikos" va "Anortosis", Polshaning "Korona" va "Lex" klublarida to'p tepgan.

Men quyoshga, dengizga va issiqqa o'rganib qolgandim. Polshaga kelganimda esa ob-havo butkul boshqacha edi. Ayniqsa, qish va kuz oylari sinovli bo'ldi. Bazan mashg'ulotga chiqayotganda, sovuqdan qaltirardim, lekin bu jarayon professional futbolning bir qismi.

"Etnikos" safida 27 o'yinda 16 gol urgan, "Anortosis" tarkibida Kipr kubogini qo'lga kiritgan.

Hujumchiing asosiy vazifasi – gol urish. Forvard uchun eng qiyin jihat – birinchi golni urib olish. Menimcha, Ronaldu va Messi yangi tendenciyani boshlab berishdi. Oldinlari mavsumda 15-20 ta gol urish juda zo'r natija edi. Hozir esa ular mavsumda 40-60 ta gol urib, standartlarni o'zgartirib yuborishdi. Masalan, Dembele raqiblari darvozasini 22 marotaba ishg'ol qilgan desam, juda ko'pdek tuyuladi, lekin Saloh hisobida 27 ta gol bo'lishi mumkin.

Kacharavaning "Anortosis"dan ketishiga g'alati va ko'ngilsiz voqea sabab bo'lgan.

Gap shundaki, Kipr Birinchi Divizioni 11-turining qoldirilgan o'yinida APOEL "Omoniya"ni 4:2 hisobida mag'lub etgan.

G'oliblar safida gruziyalik Giorgi Kvilitaya o'z hisobiga gol va assist yozdirgan. Kvilitayaning mehmonlar darvozasiga ishg'ol qilgan videosini Instagram sahifasiga joylagan. Kadrda uning yonida turgan raqib jamoa azosi Kacharava ham xursand kayfiyatda namoyon bo'lgan. Bu video tez orada "Anortosis" muxlislariga etib bordi va katta norozilik bildirildi. 

"Anortosis" rahbariyati Nika Kacharava bilan uchrashdi, u erda gruzin videoda ifodalangan his-tuyg'ular uchun (raqib jamoaning golini nishonlash) uzr so'radi. Jamoa 27 yoshli hujumchini mashg'ulotlardan chetlashtirdi. SHartnomani bekor qilish bo'yicha ham ishlar boshlandi va yakunda jamoa hujumchi bilan xayrlashdi.

Hujumchi uzoq muddatli jarohat va raqobat sabab "Lex"ga o'rnasha olmadi.

To'pig'im qayrilib ketgan hodisaning surati bor, men o'sha rasmga qaray olaman, lekin boshqalar qaray olmaydi. Bu mashg'ulot paytida bo'lgandi. Jaba (Kankava) yugurib keldi va ko'rdi... O'sha paytda "Bo'ldi, futboldagi faoliyatim tugadi" deb o'yladim. Og'riq dahshatli edi. Suyaklarning qirsillab singan ovozi eshitildi, xuddi beysbol tayog'i bilan urgandek ovoz chiqdi. O'shanda hamma shokka tushdi.

"Lech"ga endigina kelgandim. O'zimni ko'rsatishim, gollar urishim va muxlislarga kimligimni isbotlashim kerak edi. Ayni kuchga to'lgan paytimda, to'satdan 5-6 oyga safdan chiqish dahshatli zarba bo'ldi.

Jamoadoshlarim mashg'ulot qilayotganini yoki futbol o'ynayotganini oyna orti yoki tribunadan kuzatish naqadar og'ir! Yordam berishni xohlardim, maydonga tushgim kelardi, lekin tana bunga yo'l qo'ymasdi. Bu esa odamni ich-etini erdi.

Oldingi chiziq vakili faoliyatining keyingi qismini Koreyaning "CHonnam", Gruziyaning "Torpedo", Litvaning "Panevejis" jamoalarida o'tkazgan. 

Garchi "Buxoro" Kacharava transferini rasman elon qilmagan bo'lsa-da, ko'plab mahalliy va xorijiy nashrlar kelishuv haqida yozishgan.

Gruziya terma jamoasida 2016 yildan debyut qilgan. Jami 24 o'yinda 3 ta gol urgan. Xvicha singari liderlar porlab chiqa boshlagach, chaqiruv olmay qo'ygan.

Terma jamoadagi Serbiyaga urgan golim men uchun eng yaxshi golim hisoblanadi. Buni hech qachon unutmayman.

1.98 metr bo'yli forvard uzun paslar bilan chiqishda va jarima maydonchasidagi havodagi kurashlarda juda xavfli. Nika tezkor hujumchi emas. U ko'proq pozicion hujumlarda, to'pni qabul qilib, sheriklariga tashlab berishda foydali. O'zbekiston Superligasida himoyachilar ko'pincha jismoniy kurashga urg'u berishadi. Kacharavaning jismoniy imkoniyatlari "Buxoro"ning standart vaziyatlarida (burchak to'plari, jarima zarbalari) katta qurol bo'lishi mumkin.

Agar futbolchi bo'lmaganimda, ehtimol, basketbolchi bo'lardim. Point Guard (o'yin qurruvchi) poziciyasida. Xuddi Rejon Rondo uslubida harakat qilardim.

Nika Kacharava gollarini o'zgacha – yuzini yarim holatda bekitgan holda nishonlaydi. Yuz qismidan jarohat olgan payt u bir muddat maxsus himoya niqobi bilan o'ynagan.

Menda ikkita niqob bor. Bittasi (qo'lidagi himoya niqobini ko'rsatib) – vaqtinchalik. Mavsum tugashi bilan uni echaman. Ikkinchisi esa (yuziga ishora qilib) – bir umr qoladi.

O'ylashimcha, menga omad kulib boqqan. Futbolchi ekanligim va professional darajada o'ynayotganimdan xursandman. Menimcha, futbolchilik – dunyodagi eng yaxshi kasb.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing