04 sen 17:19
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschilari qachon Germaniyadan qaytib kelishi malum bo'ldi
Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.
Unda O'zbekiston terma jamoasi yaxshi natija
ko'rsatib, umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladilar.
Terma jamoa bokschilari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallar
bilan ona yurtiga qaytmoqdalar. Bugun 20:45 da jahon chempionati
qahramonlari Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportida kutib
olinadi.
Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov oltin, Hasanboy Do'smatov, Jasurbek
Latipov, Iqboljon Xoldorov kumush va Sanjar Tursunov hamda Bektemir
Meliqo'ziev bronza medallar bilan taqdirlandilar.
Havola :
Manba : uzbekistan24.uz
Fikrlar