23 avg 16:45
Yangiliklar

O'zbek bokschilarining jahon chempionatlaridagi ishtiroklariga oid faktlar
-Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugungi kunga kelib JCHlarda medallar jamg'arish bo'yicha o'ninchi o'rinni egallab turibdi.
-Vakillarimiz ilk marotaba 1993 yilda Finlyandiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etganlar.
-Bugungi kunga kelib, o'zbek bokschilari jahon chempionatlarida 12 marotaba qatnashganlar.
-Gamburgdagi JCH vakillarimiz uchun 13-jahon chempionati bo'ladi.
-O'zbekistonlik bokschilar jahon chempionatlarida 5 ta oltin, 10 ta kumush va 15 ta bronza medallarini qo'lga kiritganlar.
-Bungacha 4 nafar bokschimizda jahon chempionligi unvoni bor. Ular: Muhammadqodir Abdullaev, O'tkirbek Haydarov, Ruslan CHagaev va Abbos Atoevlar.
-Abbos Atoev hozircha ikki marotaba jahon chempioni bo'lishga muvaffaq bo'lgan yagona bokschimizdir.
-1999 yilda Xyustonda bo'lib o'tgan jahon chempionati terma jamoamiz uchun omadli kechgan: O'shanda Muhammadqodir Abdullaev va O'tkirbek Haydarovlar jahon chempionligini qo'lga kiritgandilar. To'lqinboy Turg'unov esa kumush medali sohibiga aylangandilar.
-So'nggi jahon chempionatida (Doha) O'zbekiston terma jamoasi 6 ta medal qo'lga kiritgan: 3 ta kumush, 3 ta bronza.
Va yana so'nggi fakt: Rio Olimpiadasida tengsiz deb topilgan O'zbekiston boks terma jamoasi xech qachon jahon chempionatlarida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallamagan. Vakillarimiz ushbu ko'rsatkich bo'yicha rekordni aynan Gamburgdagi jahon chempionatidan keyin yangilashlariga umid qilib qolamiz!
Fikrlar
утрар-утмас AIBAдан хат келган, медални декабр ойида кайтаришни ва 10 минг доллар штрафи билан. Чемпионатдан кейин Америкаликлар Кубаликларга Чагаевни профида тушган жангларини (2та жангда тушган) касетасисини беришади ва Куба AIBAга протест ёзади. 2001 йилда Чагаев яна чемпион мира булганда олдинги медални хам кайтаришади ва Чагаев 2 марта Жахон чемпиони хисобланади.