So’nggi yangiliklar

18:56Авазбек Холмирзаев ONE FC'да жанг қилиб, россиялик рақибини биринчи раунддаёқ таслим этди 0 18:39Олмалиқда туғилган Антон Вальдемар "Боруссия Д"га ўтишга яқин 0 18:17Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг қилиш истагида 0 17:55Топурия Холлоуэйга: "Данага қўнғироқ қил" 0 17:32"Бу жанг катта пул олиб келади" - Даниэль Кормье катта тўқнашув ҳақида гапирди 0 17:10Аббос Файзуллаев унинг Олимпиадага боришига розилик берган Марко Николичдан миннатдор 0 16:48Анкалаев Перейра билан жанг ҳақида: "Кураш бўлса Алексда имкон бўлмайди" 0 16:26UFC жангчиси Махачев - Царукян жанги учун тахминини айтди 0 16:03Бектемир Мелиқўзиев: "Сергей Деревянченко билан жанг қилишим мумкин эди" 0 15:41"Реал" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи 0 15:20Сауль Альварес билан жанг қилиш учун асосий даъвогар номи маълум қилинди 0 14:58Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанг санаси аниқ бўлди 0 14:37Президент қарорига мувофиқ Урганч дзюдо маҳорат мактаби қурилмоқда + ФОТО 0 14:16"Навбаҳор"нинг икки футболчиси жамоани тарк этди 0 13:55Хабиб Умар Нурмагомедовга мурожаат қилди 0

18 may 09:19
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek bokschisi ingliz nashri nigohida: Murodjon Ahmadalievning chempionlik sari yo'li

Ingliz nashri - badlefthook.com sayti O'zbekiston terma jamoasi azosi, professional boksda ikki yo'nalish chempioni Murodjon Ahmadaliev haqida katta maqola tayyorladi.

Etiboringizga mazkur maqolani o'zbek tiliga tarjima qilgan holda taqdim etmoqchimiz. 

Ikkita singan oyoq, boksning sirli usullari va Murodjon Ahmadalievning chempionlik yo'li haqida

"Menga endi xech qachon yura olmasligimni, endi boks tusha olmasligimni aytishgandi", - deydi Murodjon Ahmadaliev tarjimoni Alik Frolov orqali. "MJ" bolaligi, qiyinchiliklar haqida gapirayotganida uning ovozidan his-hayajon sezilib turardi. 

O'tgan yilning aprel oyida DAZN va Matchroom Boxing bilan shartnoma imzolanganidan so'ng bokschining faoliyatida portlash yuzaga keldi. Joel Dias qo'l ostidagi 25 yoshli sportchi professional boksdagi sakkizta jangdayoq ikkita chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Janglarning so'ngida u yanvar oyida Daniel Romanni mag'lub etdi. 

Ushbu muvaffaqiyatlar o'z-o'zidan bo'lib qolgani yo'q. Murodjon bungacha qattiq mehnat qildi. 

9 yoshida u "uy bolasi" sifatida otasiga, oilasiga yordamlashardi. Ota-ona, ikkita opasi bilan O'zbekistonning Namangan viloyatida yashaydigan Murodjnning maqsadlari yuqori edi. 

"Bizda deyarli xech narsa yo'q edi", - deydi Kaka. "Kaka" - uning laqabi. Murodjon yoshligida futbolni, jumladan braziliyalik pleymeykerning o'yinlarini yaxshi ko'rardi va uning futbolkasini kiyib yurardi. 

"Men qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyor edim. Vaqtida yozda parkda ishlaganman. U erga tashrif buyuruvchilar suratga tushishardi. Mening ishim kim surat olsa, ularni tezda ishlab, egalariga topshirishdan iborat edi. Parkda menga raqobatchilar ham bor edi, shuning uchun mendan bu ishni qilishda tezkorlik talab etilardi. 

Murodjon suratlarni tayyorlash uchun uch mil (4 kilometrdan ortiqroq - izoh bizniki) yugurardi, qaytishda yana shuncha masofani bosib o'tardi. Raqobatchilarda alternativ transport vositasi bo'lsada, u tezroq harakat qilardi. 

"Xodimlar meni yaxshi ko'rishardi, shuning uchun har yozda parkdagi eng yaxshi ishlardan birini berishardi", - deydi Murodjon. 

Maosh kuniga deyarli ikki dollarni tashkil etar, Murodjon esa yangi krossovka sotib olish uchun bir hafta davomida pullarni yig'ib borardi. 

Bu vaqtda sportchi futbolni sevardi. Lekin, uning yaqin do'sti boksga qatnashni boshlaganidan so'ng "MJ" ham u bilan birga yangi sport turiga mehr qo'ya boshladi. Kichkina, ozg'in, etarli vazn toifasiga ega bo'lmagan Murodjon musobaqalarda qatnashishi uchun 11 yoshga to'lishi kerak edi. Ana shundan so'ng u rasman turnirlarda qatnashish imkoniga ega bo'lardi. 

Kunlardan bir kuni yo'lda Murodjonni mashina urib ketadi va qahramonimizning oyog'i sinadi. 

"Menejerning jahli chiqdi. U tez yordam chaqirdi va meni kasalxonaga olib borishdi. Men ishimni yo'qota olmasdim. U erga borganimda shifokorlar jarohatimni gapirib berishdi va tuzalib ketishim uchun sakkiz oy kerakligini aytishdi.

Men o'sha payt ilojsiz edim, lekin yana boksga, eng asosiysi ishimga qayta olishimga ishonardim", - deydi u. 

Oradan sakkiz oy o'tdi va oila azolar hamda shifokorlarning aytishiga qaramay, Murodjon boks zaliga qaytdi. 

"Men kechki payt soat 5 gacha ishlab, sekin boks zaliga ketardim. Oyim ishga ketayotganimda menga non va choy berib yuborardilar. Men esa ularni mashg'ulotlarga ham kuchim etishi uchun ishdan so'ng erdim. Uyga soat 7 da kirib borardim. Bunday holat yarim yil, yani uydagilar bundan xabardor bo'lib qolishgunicha davom etdi. Bundan ularning jahli chiqdi. Lekin boks zalidagi murabbiyim bilan gaplashganidan so'ng, ular menda istedod borligini tushunib etishdi. 

Men jarohatlardan qutuldim. Ammo, ikki yildan so'ng oyoq harakatlaridagi muammoga duch keldim. Men bunday holatda raqibimdan tezkorroq harakat qila olmasligimni tushunib etdim, shuning uchun zarbalarga chap berib qolish evaziga ustunlik qilish mumkinligini o'rgandim. O'ylaymanki, bu menga professional sifatida yordam berdi".

Jarohat bir necha yildan so'ng yana Ahmadalievga halal bera boshladi. Unga 15 yoshida ikkinchi marotaba boksni tashlash maslahati berildi. Lekin u tibbiyot hodimlarining gaplariga etibor bermasdi. 

"Bunday omadsizliklar menga yordam berdi. Men doim kichkina va kuchsiz bo'lganim uchun, menda imkoniyat berilavermasdi. Lekin men taslim bo'lmasdim va o'zimga to'liq ishonardim. 

Singan burun, singan umurtqa va singan musht Ahmadalievning porlab chiqishi uchun tayanch bo'ldi. Uni xech qanday og'riq to'xtatib qola olmasdi. 

Tez orada Murodjon havaskor boksda muvaffaqiyatlarga erisha boshladi: u 2012 yili yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida kumush medal qo'lga kiritdi, keyin esa kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining kumush medali, Rio Olimpiadasining bronzasi... O'zbek sportchilarning yangi avlodi bo'lgan Ahmadaliev muvaffaqiyatni jamoadagi birdamlik bilan bog'laydi. 

"Barchasi orginallardan boshlangandi", - deydi u O'zbekiston bokschilari haqida gapirar ekan. "Ular havaskor boksdagi muvaffaqiyatlardan so'ng O'zbekistonda mashhurlikka erishishdi. Abbos Atoev, Rustam Saidov, Elshod Rasulov va boshqalar. Men ularga intilardim.

Bizda shuningdek Sobiq Ittifoq maktabini ko'rgan yuqori saviyadagi murabbiylar bor edi". 

U shuningdek terma jamoadagi do'stlarini ham hurmat qilishini takidladi. "Biz juda yaxshi do'stlar edik. Bu juda muhim. Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov. Jamoada bizni muvaffaqiyat sari etaklayotgan sog'lom raqobat bor edi. 

"MJ" professional boksga tezda moslashdi. Sakkizta jangdayoq ikkita chempionlik kamarini qo'lga kiritib, Leon Spinksni rekordini takrorlash ajoyib natija bo'ldi. Ammo, bu tarix endi boshlanayotganini ko'rsatadi. 

"Eng yaxshilari men uchun hali oldinda. Menga DAZN va Matchroom Boxing tomonidan ishonch bildirildi va men ham ularga ishonaman". 

CHempion IBF yo'nalishidagi davogar Riosuke Ivasa bilan jang qilishi kerak. Ammo, u WBO yo'nalishi chempioni Emmanuel Navarrete bilan ham to'qnash kelish istagida. 

"Bu ajoyib bo'lardi, chunki bizning uslublarimiz o'xshash. Biz bunga etib kelmoqdamiz. Men Roman ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng katta tajriba to'pladim va mehnat qilishda davom etyapman".

Hozircha 126 yoki 130 funt divizioniga ko'tarilish haqida gap-so'zlar yo'q. Lekin, Ahmadaliev o'z kumiri Menni Pakyao yo'lidan borishga ahd qilgan. 

"Avvaliga 122 funtda mutloq chempion bo'lmoqchiman. Keyin ko'ramiz. Men hozir ushbu vaznda o'zimni yaxshi his qilyapman. Kelajakda balki boshqa vaznga o'tarman. 

Hozir menga ishonmaganlarga qarab, "Men senga aytgandimku!" deyman", - deydi Ahmadaliev g'urur bilan. 

Yakunda esa shunday deb qo'shimcha qiladi: 

"Men ko'p gapirishni yoqtirmayman. Oldinda turgan yillar davomida kim eng zo'ri ekanligini ring ko'rsatadi".

Aziz To'xtamurodov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing