09 okt 12:14
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/20570_220.jpg)
O'zbek bokschisini nohaq mag'lub etgan sportchi Krouford bilan revansh jang o'tkazishni istaydi
Birinchi o'rtaengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Viktor Postol kelajakdagi rejalari haqida gapirib o'tdi.
"Men birinchi raqamli bokschiga qarshi jang qilishga tayyorman. Amir Imam, Rejis Progreys... Farqi yo'q. Men tayyorman va chempionlik jangini o'tkazmoqchiman.
Kroufordga keladigan bo'lsak, u bilan revansh o'tkazishni istardim. Lekin, menimcha bu amalga oshmasa kerak. Uni boshqa vazn toifasiga o'tmoqda deb eshittim", - deydi Postol.
Eslatib o'tamiz, ukrainalik Viktor Postol sentyabr oyida o'zbekistonlik Jamshid Najmiddinov bilan jang qilgandi. Sportchimiz uni jang davomida nokdaun holatiga ham tushurib qo'ygandi. Ammo, yakunda hakamlar g'alabani Postolga taqdim etgandilar.
Hakamlar hamyurtimizdan chuqur nokdaunga uchragan Postolga g'alabani taqdim etishdi
Havola :
Manba : FightHub
Fikrlar