So’nggi yangiliklar

17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0 14:37Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионатидаги юришимизни ғалаба билан бошлаб берди, уч дзюдочимиз эса... + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:16Яна бир боксчимиз Париж-2024 Олимпиадасига лицензия олди 0 14:05"Бавария"ни ҳеч ким бошқаришни истамаяпти. Яна бир мураббий рад жавобини берди 0 13:44Фьюри фаолиятида саккизинчи маротаба нокдаун ҳолатига тушиб қолди 0 13:21"Усик P4P рейтинги етакчиси бўлиш учун даъвогар" - Кроуфорд 0 13:00"Қирол қайтиши мумкин". Собиқ чемпион октагонга қайтишга шаъма қилди 0 12:39"Манчестер Сити" ёки "Арсенал". Бугун АПЛнинг сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади 0 12:18Конор Макгрегор машғулот лагеридаги суратларни тақдим этди + ФОТО 0

14 may 16:59
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek boksi muxlislari orasida muhokamaga sabab bo'layotgan Garsiya. U SHahram yoki SHohjahon bilan jang qilishi mumkinmi?

Hozirgi kunda professional boksga qiziqish, fanatizm yuqori darajaga ko'tarilgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

Muxlislar bevosita turli internet tarmoqlarida yoki Youtube sahifalarida mashg'ulot jarayonlari va bokschilar janglarini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lganliklari uchun ularning salohiyati haqida etarlicha malumotga va bilimga ega bo'lib bormoqdalar. Lekin ularning barcha taassurotlarini to'g'ri deb bo'ladimi? Ushbu omillarni inobatga olib, muxlislar orasida ayni avjiga chiqqan bir mavzu haqida so'z yuritmoqchimiz. Yani, amerikalik Rayan Garsiyaning imkoniyatlari va u qay darajadagi bokschi ekanligi haqida... 


Ushbu qahramonimiz 1998 yil Amerika Qo'shma SHtatlarining Kaliforniyasida tavallud topgan. Havaskor boksda eng yaxshi natijasi yoshlar o'rtasida milliy chempionatning oltin medalini qo'lga kiritgani bo'lgandi. Rayanning promouteri professional boks olamida “Tilla bola” nomi bilan mashhur bo'lgan, Oskar De La Xoya bo'lib, o'z-o'zidan ayonki u “Golden Boy” kompaniyasining mijozi hisoblanadi. Kelib chiqishi meksikalik bo'lgan Garsiya professional boksda ajoyib natijalar qayd etmoqda. Ayni kunda, engil vazn toifasida (-61,2 kg) WBC Silver kamari sohibidir. U professinal yo'nalishda 20 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishgan va shulardan 17 tasida raqiblarni muddatidan oldin taslim etgan. Bugunga kelib, WBC reytingida 3, WBA va WBO reytingida 2-o'rinda bormoqda. SHunday natijalar qayd etgan, kerak bo'lsa bundan-da ajoyib ko'rsatkichlarga ega bo'lgan bokschilar talaygina topiladi. Lekin ular Rayanchalik mashhurlikka erishmaganlar. 

Ho'sh uning muxlislar orasidagi mashhurlik siri nimada? Rayan o'zbek boksi muxlislari savollariga javob bo'layotgan masala - SHahram G'iyosov yoki SHohjahon Ergashevlar bilan jang qilishi mumkinmi? Bugun, ushbu savollarga javob topishga harakat qilamiz.

Xorijda mashhurlikka jang va g'alabalar orqali erishilmaydi. Sportchilar, hususan bokschilar turli ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lishadi va oddiy til bilan aytganda "piar" qilish hadisini olishgan. Rayan Garsiya ham bu borada “internet yulduz”laridan biri desak yanglishmagan bo'lamiz. Yani, u ijtimoiy tarmoqlariga o'ziga xos jangga chorlovlarni, mashg'ulot jarayonidan noodatiy video lavhalarni muntazam ravishda joylab boradi va tabiiyki buni keng omma kuzatadi. Qolaversa, uning murabbiyi ham ancha taniqli Eddi Reynoso hisoblanadi. Ushbu murabbiy hozirgi kundagi professional boks olamining tom manodagi yulduzi Saul Alvaresning ham ustozi hisoblanadi. Saul jang o'tkazgan kechalarda Rayan ham ko'p hollarda ringga chiqib, uning hamrohiga aylanadi va bu ham muxlislar etiboriga tushishning yana bir omili bo'lib xizmat qiladi. 

Yuqorida takidlab o'tganimizdek, u muntazam ravishda mashg'ulot jarayonlaridan ham lavhalarni taqdim etib boradi. Ayniqsa, uning tezkorligi ko'pchilikning etiborini o'ziga jalb etadi. Ammo bu mashg'ulotlarga qarab, bokschining asl kuchiga baho berish u qadar to'g'ri emas... Jangda faqat tezlik emas, boshqa faktorlar ham g'alaba uchun kerak bo'ladi. Masalan, himoya yoki qarshi hujum taktikasi, oyoq harakatlari va hokazolar. Yo'q, bu bilan Garsiya kuchsiz demoqchi emasman! SHunchaki 1-2 daqiqalik mashqlar jarayonidan hulosa chiqarish aldamchi taassurot ekanligini aytmoqchiman xolos. Misol uchun, futbol to'pi bilan chiroyli harakatlarni hatto Ronaldo yoki Messidan ham yaxshiroq amalga oshiradigan jonglyorlar, haqiqiy futbol bahsida o'z texnikasini yuzdan birini ham qila olmaydiku, to'g'rimi? Boksda ham mashg'ulotlardagi turli fintlarni bajara olishi orqali bokschining kuchiga yuqori baho berish to'g'ri variant emas. Garsiyaning to'liq o'tkazgan janglariga etibor berib qarasangiz, unda ham kamchiliklar etarlicha topiladi. U yosh o'sib kelayotgan bokschi va hozirgi holatini olsak, u hali TOP darajadagi Vasiliy Lomachenko, Teofimo Lopes yoki Jervonta Devisni mag'lub eta olishiga shaxsan mening ko'zim etmaydi. U hali jiddiyroq raqiblar sinovidan o'tganicha yo'q. Albatta, bu shaxsiy fikrim!


SHuningdek, yurtimizdagi boks muxlislari tomonidan Garsiya SHohjahon Ergashev yoki SHahram G'iyosov bilan jang qiladimi, degan savol juda ko'p yangraydi. Javob esa oddiy - yo'q. CHunki ularning vazn toifasi bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Rayan engil vaznda (-61,2 kg), SHohjahon va SHahram esa birinchi yarim o'rta (-63.5 kg) vazn toifasida jang o'tkazishadi. Balki yillar o'tib, u engil vaznda chempion bo'lsa va vaznini oshirish evaziga hamyurtlarimiz bilan to'qnash kelishi mumkindir. Biroq, katta ehtimol bilan har ikki yurtdoshimiz ham yuqori divizionga ko'tarilsa kerak. Xullas, ushbu jang yaqin yillarda bo'lib o'tmaydi, balki hech qachon bo'lmas ham. SHu o'rinda, Garsiya asli o'zbekistonlik bo'lgan, boshqa bokschi Botir Ahmedov bilan sparing janglarida qatnashgani va o'sha jangni ko'rgan ishonchli insonlar Ahmedov De La Xoyaning erkatoyini ring bo'ylab quvlab yurganligini aytib o'tishgandi. Bu qanchalik haqiqat - bunisini bilmadim.

Yana bir etiborga molik jihat: Aslida, Garsiya chempionlik jangiga tayyormi? Hozircha u darajaga etgani yo'q. Yuqorida takidlab o'tganimizdek, ushbu vaznda WBC Franchise, WBO, WBA chempioni Vasiliy Lomachenko va IBF chempioni Teofimo Lopec Garsiyaga nisbatan bir bosh ustun. Qolaversa, Ular o'zaro 4 ta kamar va mutloq chempionlik uchun jang o'tkazishlari bo'yicha kelishuvga erishganlar. SHu sababdan Garsiyada asosiy kamarga jang o'tkazish imkoni hozircha yo'q. Ammo u hozirda WBC kamari sohibi Devin Xeyni yoki WBA Regular kamari egasi Jervonta Devislardan biriga qarshi jang o'tkazishi mumkin. Hozirda bu 3 bokschi o'rtasida faqatgina ijtimoiy tarmoq orqali "jang" ketmoqda holos. Haqiqiy ringda esa ularning qachon to'qnashishi hali nomalum. 

Eng qizig'i, u UFC chempioni Genri Sexudoga ham "vyzov" tashlagan edi. UFC chempioni unga javob tariqasida  “Ey Dela Xoyaning shishirma bokschisi! Seni o'z sport turingda tavbangga tayantiraman va jahannamga yuboraman. Dana Uayt, menga bu baliqchani qovurishga ruxsat ber”,- deya javob qaytargan edi. Ammo bu jang ham tashkil etilishiga ishonish qiyin. 



Qahramonimiz navbatdagi jangini anchagina tajribali bo'lgan sobiq jahon chempioni Xorxe Linaresga qarshi o'tkazishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli jang bekor qilingan. Bu to'qnashuv Garsiya uchun yaxshigina sinov bo'lardi va bu orqali uning haqiqiy imkoniyati qay darajada ekanligi ayon bo'lardi. Boks borasidagi katta jang kechalari yana start olsa, voqealar rivoji qanday bo'lishini birga tomosha qilamiz. Bizda hozircha shular...

Hurmat bilan, Boxer TV kanali admini Jalol Ahmedov


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing