29 iyu 16:04
Yangiliklar

O'zbek boksi yulduzlari Olmaliqda yoshlar bilan uchrashdi + FOTO
SHu munosabat bilan bugun Texnologik tadqiqotlar milliy universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahar filialida Olmaliq shahar hokimi Usmon Rahimov, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov hamda olmaliqlik yoshlar ishtirokida boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda boks bo'yicha ko'plab musobaqalar g'olib va sovrindorlari, millatimiz faxri bo'lmish Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov, shuningdek Toshkent viloyatidan etishib chiqqan umidli bokschilar olmaliqlik yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.
Tadbir yakunida bokschilarimizga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Fikrlar