So’nggi yangiliklar

17:03"UzChess Cup" - Муҳиддин Мадаминов чемпион! 0 16:55ЖЧда 1-тур якунланмасдан илк истеъфо содир бўлди 0 16:29Халқаро Кураш Ассоциацияси Президенти истеъфога чиқди, унинг ўрнига ҳамюртимиз ташкилотни бошқаради 0 16:07Жордан Барроуз RAF билан шартнома имзолаб, Махачев ва Царукян билан бир кечада жанг қилмоқчи эканини айтди 0 15:21Анвар Анваров Швециядаги турнир чемпиони! 0 14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0

24 iyu 10:28
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek yo'lbarsi - Hasanboy Do'smatovni tabriklaymiz!

Bugun Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov o'zining tavallud kunini nishonlamoqda.

SHu munosabat bilan sportchi haqida siz bilgan-bilmagan malumotlarni etiboringizga taqdim etishga qaror qildik.

O'zbekistonning engil vazndagi yangi kashfiyoti Hasanboy Do'smatov 1993 yilning 24 iyun kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. U faoliyatini avvaliga kikboksda boshlagan. Keyin esa boksga kirib kelgan. Qizig'i, Olimpiya zaxiralari kollejida kikboksing bo'yicha yo'nalish bo'lmagani uchun Hasanboy boks yo'nalishini tanlagan. Andijon davlat universiteti bitiruvchisi. Do'smatov o'zbek boks maktabining dunyo miqyosidagi kuchli yulduzlaridan biri hisoblanadi.

U 2011 yilda yoshlar o'rtasidagi mamlakat chempionida oltin medalni qo'lga kiritadi va kattalarning O'zbekiston boks terma jamoasi azosiga aylanadi. U shundan so'ng Kulibaev xotira turnirida kumush, Sidney Jekson xotira turnirida bronza medalini qo'lga kiritdi. Keyinchalik Ukraina va Rossiyadagi turnirlar g'olibiga aylanganida bor-yo'g'i 19 yoshda edi.



Keyinchalik, 2013 yilda Qozon shahrida bo'lib o'tgan yozgi Universiada g'olib chiqadi. O'sha turnirda u Ozarbayjon, Tojikiston, Mo'g'uliston va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan kuchli sportchilarni mag'lubiyatga uchrata olgandi.

Ushbu muvaffaqiyatlardan so'ng Do'smatov Butunjahon boks seriyasi janglarida ishtirok etish uchun "Ukraina atamanlari" jamoasiga taklif qilinadi. U ukrain jamoasi safida 2014 va 2015 yillar davomida 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. SHu tariqa, u -49 kg vazn toifasida ikkinchi raqamli bokschi sifatida Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarida yo'llanmani qo'lga kiritgan.

2015 yilda Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Osiyo chempionatida u barcha raqiblarini mag'lub etib, qita chempionligini qo'lga kiritadi.

O'sha yilda Dohada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ikkinchi raqam ostida saralangan Do'smatov kutilmaganda ilk jangidayoq ozarbayjonlik Rufat Husainovga imkoniyatni boy berib qo'yadi.



Do'smatov Rio Olimpiadasi oldidan favoritlar qatorida etirof etilgandi. U Braziliyadagi janglarida final yo'lida deyarli barcha raqiblarini qiyinchiliksiz mag'lub etib keldi. Hal qiluvchi jang esa kolumbiyalik Martinez Yuberjenga qarshi to'qnash kelgan Do'smatov o'zining samarali zarbalari evaziga Olimpiada chempionligini qo'lga kiritgan.

23 yoshli bokschi Rio-2016dagi boks turnirida ilk oltin medal egasiga aylangan. Do'smatov O'zbekiston tarixida Muhammadqodir Abdullaevdan keyin Olimpiada chempioniga aylangan ikkinchi bokschi hisoblanadi. Rio Olimpiadasi yakunlariga ko'ra Hasanboy Do'smatov turnirning eng yaxshi bokschisiga beriladigan Vel Barker sovrini sohibiga aylangan.



Rio Olimpiadasidan Hasanboy Do'smatov O'zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. 2017 yilning may oyida Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida esa u barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, ketma-ket ikkinchi marotaba Osiyoda tengsiz deb topildi. SHuningdek, turnir yakunlariga ko'ra Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi deb elon qilindi.

HASANBOY DO'SMATOV BILAN INTERVYUNI TOMOSHA QILING


Erishgan yutuqlari:

2009 - SHonazarov F. xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir chempioni (Qozog'iston)

2011 - Yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempioni

2012 - Makar Mazay xotirasiga bag'ishlangan 46-xalqaro turnir g'olibi (Ukraina)

2012 - O'zbekiston chempioni

2013 - O'zbekiston kubogi sohibi

2013 - To'rt millat kubogi g'olibi (Qozog'iston)

2013 - Nikolay Manger xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir g'olibi (Ukraina)

2014 - CHecheniston Respublikasi Prezidenti Axmad Qodirov xotirasiga bag'ishlangan turnir g'olibi (Rossiya)

2014 - Sidney Jekson xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir g'olibi (O'zbekiston)

2015 - Chemistry Cup turniri g'olibi (Germaniya)

2015 - Osiyo chempioni (Tailand)

2016 - Olimpiada chempioni (Braziliya)

2017 - Osiyo chempioni (O'zbekiston)

2018 - Osiyo o'yinlari kumush medal sohibi (Indoneziya)

2018 - O'zbekiston chempioni

2019 - "Buyuk ipak yo'li" turniri - bronza medali


2019 yilning noyabr oyida professional boksda ham debyut qilgan. Meksikada o'tkazilgan jangda Hasanboy mezbon Xesus Servantes Villanuevani nokautga uchratib, debyutini muvaffaqiyatli nishonlagandi. 

Fursatdan foydalanib, olamsport.com sayti muxlislari va xodimlari nomidan bokschimizni bugungi tug'ilgan kuni bilan muborakbod etamiz. Unga o'zi istagan barcha orzu-niyatlariga erishib yurishini tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing