06 dek 12:39
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston bilan bir guruhga tushgan Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi qura haqida gapirdi
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenso JCH-2026 qura natijalari haqida fikr bildirdi.
"Saralashning dastlabki ikki o'yinida Braziliyaga yutqazdik, keyin esa yil davomida yaxshi natija ko'rsatdik: beshta g'alaba va to'rtta durang – bu ijobiy natija. Umid qilamanki, jamoa sifatida rivojlanishni davom ettiramiz.
Tayyorgarlik uchun kam vaqtimiz bor, musobaqadan oldin 20 kunlik yig'in o'tkazamiz. Mundialga futbolchilar eng yaxshi holatda kelishi uchun malum tayyorgarliklarni ko'rishimiz kerak. Qaerda o'ynashimizdan qati nazar, barcha tashkiliy masalalarni hal qilamiz", dedi 59 yoshli mutaxassis.

Havola :
Fikrlar