So’nggi yangiliklar

15:48Фьюри: "Усик, ортингдан боряпман" 0 15:25Тэйлор Фритц уч карра Rothesay International чемпиони! 0 15:02Дзюдочиларимиз “Осиё болалари” комплекс мусобақасининг илк кунида 5 та медаль қўлга киритишди, 3 таси олтин! 0 14:45ПСЖ Испания терма жамоаси футболчисини сотиши мумкин, Энрике бунга қарши 0 14:37Бельгиядан эксклюзив: "Formula-1" трассасига саёҳат, BMWнинг пит-стоп "хонаси" ва албатта ажойиб пойга! 0 14:19"Менда сенинг сеҳринг учун жавоб бор". Блахович Перейрага мурожаат қилди 0 13:57Касаткина Rothesay International Open ғолибаси + ФОТО 0 13:35Олимпиада лицензианти Жавраил Шапиев Каспийск турнири чемпиони! 0 13:13"Барселона" Феликсни олиб қолмоқчими? 0 12:51Нодирбек Абдусатторов Руминия турнирида бир поғона юқорилади 0 12:28Султонов Брюссель турнири бош соврини учун кортга чиқади 0 12:07Дастин Порье Гэтжи билан учинчи жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:46Ламин Ямаль 250 миллион еврога сотилиши мумкин?! 0 11:25"Ҳумо" тажрибали ҳужумчисидан айрилди 0 11:03Алекс Перейра энг оғир вазнга ўтишга қарши эмас 1

07 iyu 18:38
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston boks terma jamoasi azosi Profsor Rorimsha haqida nimalar bilamiz?

Teglar :  Profsor Rorimsha
Tailandda boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Sportchilarimizning ishtiroklari borasida, -91 kg vazn toifasidagi bokschimiz Profsor Rorimsha haqida turli savollar paydo bo'ldi.

Ushbu savollarga O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi rasmiy sayti aniq va tiniq qilib javob keltirib o'tdi:

"Biz vaziyatga aniqlik kiritib o'tamiz. Birinchidan, sportning boks turida O'zbekiston hech qanday legionerlar xizmatiga muhtoj emas, chunki boksda O'zbekiston nafaqat Osiyoda, balki jahonda etakchi mamlakatlardan sanaladi. Buni so'nggi yillarda qayd etilayotgan natijalar misolida ham ko'rishimiz mumkin. So'nggi ikki yilni oladigan bo'lsak Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida ham, Toshkentda bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ham, bugun Tailandda yakuniga etgan yoshlar o'rtasidagi qita chempionatida ham O'zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o'rinni eggaladi.

Ikkinchidan, Profsor Rorimsha asli buxorolik Gulandom Raxmatova va AQSH fuqarosi Rorumesha Ibragim Suvedilarning farzandi bo'lib, O'zbekiston fuqarosi hisoblanadi. 1999 yilning 24 yanvarida tug'ilgan. Boksdagi birinchi ustozi Ulug'bek Qilichev. Hozirda ham ushbu murabbiy qo'l ostida Buxoroda shug'ullanib kelmoqda. Bugungi g'alabasiga qadar Profsor Rorimsha shuningdek, 2015 yilda Toshkentda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida oltin, xuddi shu yili Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan. Endi o'z shaxsiy kollekciyasiga yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining oltin medalani ham qo'shib qo'ydi.



Biz yaqin kelajakda Profsordan endi milliy terma jamoa tarkibida, kattalar o'rtasidagi nufuzli musobaqalarda ham ana shunday muhim g'alabalarni kutib qolamiz va ishonamizki u hali uzoq vaqt davomida jahoning eng yirik sport arenalarida O'zbekiston sharafini munosib himoya qila oladi", - deyiladi tashkilot rasmiy saytida.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
07 iyu 23:25:16
ZOHIDJON ABDURASULOV
Xushnudbek foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu bolani bir vaqtlar sport kanalida o'zbekcha intervyu berganida ko'rgandim.
Osmirlar o ch dan keyin korsatudi mallades asli bu kubalik bogan uni boks zalida bir murabbiy korib qolib bokscga chaiqrgan ozi esa basketbolga qiziqgan ozi aytudi owa intervyuda keyin esa owa odamni gapi bn boks taanlagan va adawmaganini aytgan mallades ozbekcha gapirgan owanda onamga ham bu bola yoqgan bizni oilada boks muhlisi hamma
Rio i tigers orqali muhlis bob qogan hamma futboldan qu maqulda
+1   
07 iyu 19:07:23
Ангрен
Нима бугандаям биз хозирда огир вазнларда жахон даражасидаги боксчиларга эга эмасмиз. Умидимиз шу ёшлардан, ким булишидан катъий назар.
   
08 iyu 19:24:52
I will Chempion
Ангрен foydalanuvchining fikriga javob berish
Нима бугандаям биз хозирда огир вазнларда жахон даражасидаги боксчиларга эга эмасмиз. Умидимиз шу ёшлардан, ким булишидан катъий назар.
Gapingizga qo'shilaman og'ir vaznda ham kuchli bokschilarga ega bo'lishimiz shart. Kim bo'lishidan qatiy nazar. shundagina bayrog'imiz jahon arenalarida yanayam balandroqqa ko'tariladi
   
07 iyu 23:28:20
Ихтиёр
бизга огир вазнда айнан шунака боксчилар керак. мен термага 91кгда шуни олса керак деб уйлагандим, лекин ОЧда 98йилдан кичиклар катнашиши мумкинмас деб белгилаб куйишганди.
   
07 iyu 23:24:46
Ихтиёр
Узбекча гапиради, бухороча шевада. Менга уни бокс тушиши ёкади. Куркмасдан дадил бориб уришади. ЖЧ ярим финаоида германияликка юткизиб куйганида катта сенсация деб кабул килишганди.
   
07 iyu 21:32:09
СПОРТ
Онасига рахмат айтамиз ундай булса!!! (хазил)
   
07 iyu 20:04:07
Xushnudbek
Bu bolani bir vaqtlar sport kanalida o'zbekcha intervyu berganida ko'rgandim.
   
07 iyu 19:33:21
Sulaymon
Umid qilamiz professional boksda ham yetakchi bo'lamiz!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing