So’nggi yangiliklar

13:09"Вильярреал" спорт директори: "Гап нима ҳақда?" 0 12:48Мағлубиятсиз қозоғистонлик спортчи Дана Уайтнинг даъвогарлар сериясида жанг қилади 0 12:27Йога 2036 йилги Олимпия ўйинлари дастурига киритиладими? 0 12:06Хотамбек Бойназаровнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди. Рақиб собиқ чемпион + ФОТО 0 11:45Ўйиндан пенальти уролмаган Роналду кечаги қийин ғалабада ҳақидаги фикрларини билдирди 0 11:24Энтони Жошуа - Даниэль Дюбуа бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг + ПОСТЕР 0 11:03Эдди Хирн: "Кроуфорднинг жамоаси Исроилга паст баҳо беряпти, лекин..." 0 10:51Ўзбекистон делегацияси Париж-2024 Олимпия ўйинларида қайси бренд либосидан фойдаланиши расман маълум 0 10:42Паралимпия ўйинларининг қанча чиптаси сотилди? 0 10:37Бош вазир Абдулла Арипов Париж-2024 Олимпиадаси ғолиб ва совриндорлари учун бериладиган мукофот пулларини эълон қилди 0 10:21Copa America. Уругвай 100 фоизлик натижа кўрсатди, мезбонлар учун мусобақа якунланди 0 10:16Париж-2024 Олимпиадасидаги байроқдорларимиз маълум! 0 10:00Шавкат Раҳмонов қачон октагонга қайтишини айтди 0 09:39Самбочиларимиз Осиё-Океания чемпионатида 19 та медаль қўлга киритишди 0 09:18Дана Уайт: "Уни ўлдириб қўйишса керак, деб ўйлагандим" 0

15 iyu 17:19
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. Profsor Rorimsha oilasi, "Ummon" guruhi va qiziqarli voqealar haqida

Boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan sportchimiz Profsor Rorimsha saytimiz ofisiga tashrif buyurib, intervyu berdi.

Etiboringizga sportchi bilan uyushtirilgan intervyuni taqdim etamiz.


- O'zingiz haqingizda gapirib bering.

- Ismim Profsor, familiyam Rorimsha.1999 yilda tug'ilganman. Buxoro shahrida yashayman. Olimpiya zaxiralari sport kollejida o'qiyman va o'sha erda boks bilan shug'ullanaman. Murabbiylarim - Qilichov Ulug'bek va Avezov Hamza. Profsor, Profi deb chaqirishadi. Dubayda tug'ilganman. 4 yil u erda yashab, Buxoroga kelganman. Sport bilan 9 yoshimdan boshlab shug'ullana boshlaganman. Avvaliga basketbol bilan shug'ullanganman. Keyin boksga o'tganman. Bunda murabbiyimning ham xizmatlari katta.


- O'zbek tilini qanday qilib o'rgangansiz?

- O'zbekchani kichkinaligimdan bilaman. Onam o'zbeklar. O'zbekchani bilmasam o'zim uchun ham uyat bo'ladi. Onam inglizcha gapirsalar, men o'zbek tilida javob berardim. Kichkinaligimda bo'lgan shu voqealar kameraga ham muhrlangan. Hozir ko'rsak kulamiz o'sha paytlarni. SHuningdek, do'stlarim bilan ham o'zbek tilida gaplashardik.



- Ona tilim deb qaysi tilni hisoblaysiz?

- Albatta, o'zbek tilini!


-Oila azolaringiz haqida ham gapirib bering...

- Oila azolarim onam, singlim, akam, opam va otam. Otam Dubayda yashaydilar. Onam va singlim bilan O'zbekistonda yashaymiz.


- Singlingiz ham o'zbek tilini biladimi?

- Ha, u ham biladi o'zbek tilini. Lekin, men o'zbek tilida undan yaxshi gapiraman (kuladi).


- Boksda kumir deb kimni hisoblaysiz? Kimga havas qilasiz?

- Og'ir vazn bokschilariga havas qilmayman. Engil vazn toifasidagi bokschilariga, masalan SHahram G'iyosovga havas qilaman.


- Ahir siz og'ir vaznli bokschisizku?!

- To'g'ri, lekin... Lekin, dunyo miqyosidagi bokschilarning turni hususiyatlariga havas qilaman. Masalan, Taysonning kuchli zarbasi va oyoqda harakatlanishini kuzataman. Roy Jons ham og'ir vaznli bokschi bo'lishiga qaramasdan, tez harakat qiladi. Muhammad Ali ham tezkor bokschi bo'lgan. Aniq qaysidir bokschini kumir deb hisoblamayman. Lekin, yuqorida sanab o'tgan bokschilarimning ana shunday sifatlarini o'zlashtirishni istayman.


- Kelajakda vazningizni kamaytirmoqchimisiz?

- Yo'q, mana shu vaznimda ringga chiqaveraman (-91 kg - A.T)


- Balki superog'ir vazn toifasiga ham o'tishingiz mumkindir?

- Vaziyatga qarab... Bu masalada murabbiylarga quloq solaman.


- Kelajakda AQSHdan taklif bo'lsa bunga qanday javob berardingiz?

- Bu savolga javob bera olmayman. CHunki, bu faqat mening vakolatimda emas. Eng asosiysi, murabbiylarimizning ko'rsatmasi. Ular nima desa shu bo'ladi. SHu darajaga etib kelishimizda ularning ulkan hissasi bor.


- Professional boksga o'tish haqida...

- Profi ringga o'tish albatta rejada bor. Barcha bokschida bunday maqsad bo'ladi. Lekin, birinchi maqsadim Olimpiada o'yinlarida ishtirok etib, g'alaba qozonish.


- OAVni kuzatib turasizmi?

- Albatta. Internetni ham, gazeta va TVni ham kuzatib boraman.



- Sportning yana qaysi turiga qiziqasiz?

- Basketbolga qiziqaman. CHunki, sportning u turi ham tezkorlikni, ayyorlikni talab qiladi. Boksga o'xshash tomoni bor: reakciya tez bo'lishi lozim. Futbolga esa qiziqmayman.


- Kelajakdagi rejalar, niyatlar...

- Albatta, Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etib, g'olib bo'lmoqchiman. Undan oldin esa Respublika miqyosidagi turnirlarda g'olib chiqmoqchiman. SHuningdek, Olimpiya o'yinlarida g'alaba qozonib, O'zbekiston bayrog'ini yuqoriga ko'tarmoqchiman.


- Og'ir vazn toifasida ringga chiqasiz. Ushbu vazn toifasidagi akalaringiz Bahodir Jalolov, Rustam To'laganovlar bilan ham sparring jang o'tkazganmisiz?

- Yo'q. Ular bilan jang qilmaganman. To'g'risi, biz hali yoshmiz. Ularning bizga nisbatan tajribalari katta. Ular nimadir o'rgatishlari mumkin. Lekin, sparring jang bo'lsa ham ular bizni urishmaydi. CHunki, biz hali yoshmiz (kuladi). SHuningdek, mashg'ulot vaqtlarimiz ham turlicha. Bu yil noyabr oyida kattalar o'rtasidagi bahslarga qo'shilamiz.


- Sevimli ovqatingiz qaysi? Tayyorlashni bilasizmi?

- Albatta, osh. Lekin tayyorlashni bilmayman. Pishira oladigan taomim faqatgina kartoshka-fri (kuladi). SHuningdek, sho'rva, dimlamalarni yaxshi ko'raman.


- O'zingiz bilan bog'liq qiziqroq voqea gapirib bera olasizmi? Masalan, biz sizni o'zbek tilida gapira olishingizni bilamiz. Sizni tanimaganlar buni bilmasligi mumkin...

- Bunday holatlar ko'p bo'lib turadi. Qaysi birini aytib bersam ekan... Ha, bo'ldi.
Bir marotaba musobaqaga borganmiz. O'zbekiston terma jamoasi formasini kiyib olganman. Oldimizga musobaqada ishlayotgan O'zbekiston sport delegaciyasi vakillaridan biri kelib, ingliz tilida gapirib ketdi. Meni tarjimon deb o'ylagan. Ingliz tilida savol berdi, o'z o'rnida men ham ingliz tilida javob qaytarganman. U kishini turist deb o'ylaganman. SHunda u odam murabbiylarimni oldiga borib, o'zbek tilida gaplashib ketdi. Men bu erda hayronman: "Nima uchun menga o'zbek tilida gapirmadi?". Keyin murabbiyimni oldiga borib, ketish uchun o'zbek tilida ruhsat so'raganman. SHunda o'sha inson menga qarab hayron qolgan (kuladi). U kishi meni turist deb o'ylagan, men esa ularni.


- O'zbek tilida sher yoki qo'shiqlar bilasizmi?

- Yo'q, sher bilmayman. Maktabda rus tilida talim olganman. Kollejda esa o'zbek tilida o'qiyman. Biroz qiynalsam ham ustozlarim yordam berishadi.


- O'zbekcha qo'shiqlar ham eshitib turasizmi?

- Ha, Sardor Rahimxon, "Bojalar" guruhi qo'shiqlarini tinglayman.

- Aytib bera olasizmi?

- Men yaxshi qo'shiq ayta olmayman. Bitta, qo'shiq bilaman. Lekin, uni hamma yomon ko'radi. Hayronman, nima uchun "Ummon" guruhini ustidan kulishadi. Ular yaxshi qo'shiq aytishadi. Bunga nima sabab ekanligini bila olmayman... Ular aytgan "Do'st" taronasi eng yaxshi ko'rgan qo'shiqlarimdan biri.

(Bokschi "Ummon" guruhining "Do'st" taronasini o'zbek tilida kuylab berdi- VIDEONI TOMOSHA QILISH)


- Taklifimizga yo'q demasdan, intervyuga rozilik berganingizga rahmat deb qolamiz.

- Sizlarga ham taklif uchun rahmat aytaman. Fursatdan foydalanib, bugungi darajaga etib kelishimda sababchi bo'lgan onam, murabbiylarimga rahmat aytib qolmoqchiman. Agar ular bo'lmaganida, ushbu natijalarga erisha olmagan bo'lardim. Yutuqlarimizdan so'ng barcha bizni maqtaydi. Ana shunday paytlarda murabbiylarimizning ham hizmatlarini esdan chiqarmaslik kerak. Ulardan minnatdorman. Rahmat!


Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi

FOTO: Tolibjon Qosimov

Reyting: +3   

Fikrlar

   
16 iyu 01:44:14
barsuz
Худодан бир нарса сурайман узбек футболи таниш билиш ноинсоф ватан кадрини бир тийинга олмайдиган харом еб урганганлар кулига утиб кетди.бизни дунега танитаетган боксимизни бундайлардан узинг асра. Профсор футболга кизикмай тугри киласан мтжни 2уйинидан кейин ундан воз кечувчилар яна ортади
   
15 iyu 23:27:26
Xushnudbek
Omad Profi !!! Tokioda porlaysan degan umiddamiz.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing