01 fev 13:08
Yangiliklar
Tennis
O'zbekiston - Bosniya va Gercegovina uchrashuvi taqdiri deyarli hal bo'ldi
Norasmiy jahon chempionati hisoblangan "Devis kubogi" doirasidagi O'zbekiston - Bosniya va Gercegovina uchrashuvida juftliklar bahsi bo'lib o'tdi.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan uchrashuvning har ikki seti tay-brekka qadar etib bordi va afsuski unda Humoyun Sultonov va Sergey Fomindan iborat juftligimiz tajribali Mirza Bashich hamda Nerman Fatich hamkorligiga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/7(6), 6/7(2).
Katta ehtimol bilan bolqonlik tennischilar juftlik bahsidan keyin o'yin taqdirini hal qilishdi. Birozdan so'ng yakkalik uchrashuvlar o'tkaziladi. Agar birinchi yakkalik bahsida hisobni tenglashtirib olmasak, so'nggi uchrashuvning o'tkazilishiga hojat qolmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar