30 okt 13:04
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston chempionatining eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiev kubogi topshirildi
Kecha poytaxtimizda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati yakuniga etdi.
Musobaqa tashkilotchilari bu yildan etiboran chempionatning eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiev kubogini topshirishdi.
Unga ko'ra, -60 kg vazn toifasida O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan Abdumalik Xalakov 2019 yilda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining eng yaxshi bokschisi sifatida etirof etildi.
Eslatib o'tamiz, Abdumalik Xalakov yoshlar o'rtasida Osiyo va jahon chempionati, shuningdek o'smirlar Olimpiadasi g'olibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar