17 dek 22:47
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston chempioni prof boksdagi debyut jangini kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi
Xabar berib o'tganimizdek, boks bo'yicha O'zbekiston chempioni Odiljon Aslonov 21 dekabr kuni prof ringda debyut qiladi.
Malum bo'lishicha, hamyurtimiz professional ringdagi debyut jangini rossiyalik Varazdat CHernikovga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, CHernikov shu kungacha prof boksda 25 marotaba jang qilib, ularning 11 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 14 ta jangda esa mag'lub bo'lgan (9 ta nokaut).
Eslatib o'tamiz, jang Rossiya Federaciyasining Krasnoyarsk shahrida tashkil etiladi. Oqshomning markaziy jangida Denis Lebedev JAR vakili Tabiso Mchunuga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar