So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

21 iyu 07:31
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston delegaciyasi Yaponiyada antidoping tajribasini o'rganmoqda

O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Bosh prokuratura va Antidoping agentligi masullaridan tashkil topgan ishchi guruh hukumat topshirig'iga muvofiq, dopinga qarshi kurashish va sportda halollikni taminlash bo'yicha Yaponiyada xizmat safari bilan bo'lib turibdi.

Ishchi guruh vakillari Yaponiyaning antidoping sohasidagi etakchi tashkiloti – Japan Anti-Doping Agency (JADA) rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda dopingga qarshi kurashish bo'yicha milliy siyosatni shakllantirish, davlat qo'llab-quvvatlovini taminlash, jismoniy tarbiya va sport tizimini halollik principlari asosida rivojlantirish borasidagi yapon tajribasi bilan yaqindan tanishildi.

SHuningdek, Yaponiyalik mutaxassislar tomonidan maxsus seminar tashkil etildi. Seminar davomida xalqaro dopingga qarshi kurash tizimining asosiy tashkiloti – The World Anti-Doping Agency (WADA) Tokio laboratoriyasi faoliyati, uning huquqiy maqomi, moddiy-texnika bazasi, ilmiy tadqiqot va tahlil jarayonlari hamda sportchilardan namunalar olish va ularni xalqaro standartlar asosida tahlil qilish uslublari batafsil tanishtirildi.

Uchrashuv va seminarlar doirasida tomonlar o'rtasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

• Antidoping sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish

• Sportda halollikni taminlashda qonunchilikning o'rni va amaliyoti

• Osiyo mintaqasidagi eng samarali antidoping tajribalarini O'zbekiston amaliyotiga joriy etish imkoniyatlari

• Yoshlar orasida dopingdan xoli sportni keng targ'ib qilish yo'llari

Takidlash lozimki, ushbu tashrif doirasida olingan amaliy tajriba va ilg'or yondashuvlar mamlakatimizda antidoping tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sportchilarimiz uchun halol va sog'lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, O'zbekistonning xalqaro sport maydonidagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing