09 okt 09:38
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston – Kuvayt uchrashuvida qo'shnilarimiz hakamlik qilishadi
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Kuvaytga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Uchrashuvni qirg'izistonlik FIFA referisi Mederbek Taichiev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ismailjan Talipjanov (Qirg'iz Respublikasi) va Eldos Murzabekov (Qirg'iz Respublikasi) yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam sifatida Asker Najafaliev (O'zbekiston), VARda esa Abdurashid Xudoyberganov (O'zbekiston) faoliyat yuritadi.
O'zbekiston - Kuvayt o'yini “Olimpiya” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar