27 jan 07:11
Yangiliklar
O'zbekiston milliy terma jamoasi Xitoy bilan jangovar durang qayd etdi
Nazorat o'yini 35 daqiqadan uch bo'lim davom etadi. Raqiblarimiz 12-daqiqada penaltidan hisobni ochishgan bo'lsa, 20-daqiqada o'yindan ikkinchi golni urishdi. 91-daqiqada zaxiradan endigina tushgan Javohir Husanov to'p kiritib, hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi. 105-daqiqada Behruz Karimov milliy jamoadagi debyut golini urib, muvozanatni tikladi — 2:2!
SHu tariqa uchrashuvda murosa ko'chasi tanlandi.
Mashg'ulot uchrashuvi
O'zbekiston – Xitoy 2:2
Gollar: Javohir Husanov 91', Behruz Karimov 105'
O'zbekiston: O'tkir Yusupov (Vladimir Nazarov, 36, Edem Nemanov, 71), Avazbek O'lmasaliev (Samandar Mavlonqulov, 50, Firdavs Abdurahmonov, 90), Doston Tursunov (Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 50), Quvondiq Ro'ziev (Abbos G'ulomov, 36, Jasur Jaloliddinov, 71), Ikrom Aliboev (Alisher Odilov, 36, Xurshid G'iyosov, 71), Mahmud Mahamadjonov (SHerzod Esanov, 36, Behruz Karimov, 71), Anvar Hojimirzaev (Ibrohim Ibragimov, 36), Nodir Abdurazzoqov (Alibek Davronov, 50), Rustam Turdimurodov (Otabek Ahadov, 50, Javohir Husanov 90), Aziz Xolmurodov (Oybek Bozorov, 36, Sardor Bahromov, 71), Dilshod Komilov (Jahongir O'rozov, 50).
Zaxira: Samandar Muratbaev.




Fikrlar