28 noy 13:20
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi faoliyatini Superligada davom ettirishga yaqin
O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi Nurillo To'xtasinov faoliyatini yurtimizda davom ettirishga yaqin turibdi.
Yil so'nggida Malayziyaning "Terengganu" jamoasi bilan shartnomasi yakuniga etadigan yarim himoyachiga yurtimizning bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Malumot uchun, To'xtasinov 2023 yildan beri "Terengganu" safida harakat qilib keladi. U shu vaqt ichida jamoasi safida 73 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va yana 16 ta golga assistlik qilgan.
Yarim himoyachi faoliyati davomida "Terengganu"dan tashqari "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Navbahor", "Neftchi" kabi jamoalarda to'p surgan.

Havola :
Fikrlar