So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

15 noy 18:09
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi: "Katanecda hech qanday taktik chizmani ko'rmadim"

Tan olish kerak, O'zbekiston terma jamoasining kechagi Qatardan qabul qilib olgan alamli mag'lubiyati barchaning xafsalasini pir qildi.

Yana nima bo'lishi kerak? Ahir, eng muhim bahsdagi mag'lubiyat kimga ham yoqadi deysiz. Futbol mutaxassislarida turlicha fikr, jurnalistlarda o'zgacha qarash. Biz bu borada yaxshisi yashil maydonda terma jamoa libosida to'p tepgan Sanat SHixovga yuzlandik.  

- Qatardan xuddi shunday o'yin kutgan edim. Sababi ular uyda, o'z maydonida harakat qilardi. Biz bilan ham hisob-kitob qilib olishlari turgan gap edi. Avvalgi bahslarda Qatarning kuchsizroq o'ynagani bizning yigitlarga salbiy tasir qildi deb o'ylayman. Raqibning kuchini to'g'ri baholay olishmadi. Bu esa zararimizga ishladi. 

- Bunday uchrashuvlarda ruhiy bosim bo'lishi normal holat hisoblanadi. Tayyorgarlik ham yaxshi bo'lgan. Sababi, ikkinchi bo'limda futbolchilar o'yinga temp qo'sha olishdi. Aytganimdek, etarlicha baholamaslik va jarohatlar tasirini o'tkazmasdan qolmadi. To'g'risi, hozirgi zamonaviy murabbiylar yoki top koachlar o'yindan kelib chiqib taktika yoki tarkib tanlashadi. Ochig'ini aytganda Katanecda hech qanday taktik chizmani ko'rganim yo'q. Yaxshi ijrochilar hisobiga natija qilyapti. Qatar futbol o'ynashga qo'yib beradigan jamoa. Bunday jamoaga qarshi 5 nafar himoyachi bilan o'ynash xato. Ularni faqat to'psiz qoldirgan holda yutish mumkin. To'psiz ular asabiylashadi va o'yini o'xshamaydi. 

- Tablodagi hisob durrang vaqtida to'pni o'zimizda ko'proq ushlab turgan holda ularni teparoqqa ko'tarilishini kutishimiz kerak edi. SHunda Abbos, Boburda zonalar ochilar, bundan foydalanish osonroq bo'lardi. Iskanderov, Masharipov, Fayzullaev, Hamrobekov kabi futbolchilardan to'pni olib qo'yish qiyin. Bu futbolchilarning kuchli tomonlaridan foydalanmaslik uchun qanday sabab bo'lishi kerak bilmayman.

- Tarkibimiz yaxshi. Faqat to'g'ri foydalanish zarur, xolos. Etibor bering Qatar individual kuchli futbolchilariga tayanib erkinroq o'ynaydigan jamoa. Ular bilan bemalol 4-3-3 sxemasida o'ynashingiz mumkin. Ularda himoyachilarni sudrab ketadigan darajadagi kuchli hujumchisi yo'q. Jamshid Iskanderovni ilk daqiqadan tushirish esa eng ideal variant bo'lardi. U tushganidan so'ng umuman boshqacha o'yin ko'rdik. Endi KXDR bilan tushsa ham boshqacha bo'lishi hech gapmas. Bo'lajak raqibimiz o'zi ham, raqibga ham o'ynash imkonini bermaydi. Bu o'yindan biror narsa deyish qiyin. Qatar bilan ko'p kuch yo'qotdik. Ortga yo'l yo'q, 2 ta hujumchi bilan o'ynash kerak. Bizga g'alaba juda ham zarur. Nima bo'lganda ham Qatar bilan mag'lubiyatdan katta fojea yasamaylik. Jamoani qo'llab-quvvatlaymiz. Bizda juda yaxshi jamoa bor. Xudo xohlasa, vazifani uddalashadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing