So’nggi yangiliklar

19:54Расман! Mangu 3 турнирининг марказий жанги маълум бўлди (ПОСТЕР) 0 19:33Самарқанддаги Mangu 3 турнири кардига яна 7 та жанг қўшилди 0 19:12"Канело қариб қолган" - Мбилли 0 18:51Лаутаро болалиги ҳақида: "Ижарага пулимиз етмагани учун қарийб 3 йил отамнинг дўстиникида яшадик" 0 18:30Енгил атлетикачиларимиз сакраш турлари бўйича Осиё чемпионатини иккинчи ўринда якунлашди 0 18:01Осипова, Жайсунов ва бошқалар. Улан-Батор-2026 Осиё чемпионатидаги тақвимимиз билан танишинг 0 17:40"Унга мухлис бўлмаслик қийин". Британиялик боксчи Усик ҳақида фикр билдирди 0 17:14"Вазият яна икки йилга чўзилиши мумкин". Футбол юристи "Манчестер Сити"га қўйилаётган 130та айблов ҳақида гапирди 0 16:30Уайт Оқ уйдаги UFC турниридан кейинги ақл-бовар қилмас даражадаги мақсадини айтди 0 15:47Тайсон Фьюри: "Жошуа устидан ғалаба менга ҳеч нарса бермайди" 0 15:26Хабиб Нурмагомедов барча қарзларини тўлади 0 15:05"Манчестер Сити" етакчиси Гваридола кетиши сабаб жамоани тарк этмоқчи 0 14:44Карлос Пратес кейинги жангини Ислам Махачевга қарши камар учун ўтказар экан 0 14:23Тайсон Фьюри кейинги жанги муддатини айтди 0 14:02Умар Кремлёв Жон Жонс учун бокс жанги ташкил қилмоқчи 0

14 avg 14:40
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi ustidan jinoiy ish qo'zg'atildi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Joriy yilning 11 avgust kuni CHilonzor tumani "Bunyodkor" stadionida "Bunyodkor" - "Andijon" jamoalari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Andijon" futbol klubi azosi Marlen CH. stadionning VIP bo'limida o'yinni tomosha qilgan. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng, soat 22:05 da futbolchi VIP bo'limi orqali ichkariga kirishga uringan. Maxsus ruxsatnomaga (beydjik) ega bo'lmagan fuqarodan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qaerga ketayotganligini, chiqish uchun boshqa yo'lakdan foydalanishi zarurligini aytgan. Ammo fuqaro Marlen CH. harbiy xizmatchining qonuniy talablariga bo'ysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik ko'rsatib, uning yuz qismiga qo'li bilan bir marotaba urib, tan jarohati etkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan CHilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli futbol muxlislari, o'yin davomida Sizlardan, Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlari hamda stadion mamuriyati talablarini bajarishingizni so'rab qolamiz. Faqat shundagina Sizning xavfsizligingiz taminlanishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, markaziy himoyachi Marlen CHobanov 2021 yilda Srechko Katanec tomonidan O'zbekiston MTJning yig'iniga chaqirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing