So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

05 iyu 14:49
Yangiliklar

Engil atletika, Olimpiya o'yinlari

O'zbekiston o'smirlar Olimpiya o'yinlaridagi licenziyalar bo'yicha o'z rekordini yangiladi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Musobaqa sportchilarimiz uchun omadli kechmoqda. Kecha ikki nafar hamyurtimiz Regina Adashboeva (bosqon uloqtirish) va Roksana Xudoyarova (uchxatlab sakrash) lar belgilangan meyorlarni bajarib, III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgandilar.

Bir necha daqiqa oldin yana bir hamyurtimiz Buenos-Ayres yo'llanmasiga ega bo'ldi. Bosqon uloqtirish bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Umid Hasanov 64.89 metr natija ko'rsatib, O'zbekiston sport delegaciyasi safiga yana bir licenziyani qo'shib qo'ydi.

Qayd etish lozimki, ushbu licenziya O'zbekiston terma jamoasi uchun Argentina Olimpiadasiga 29-yo'llanma bo'ldi. SHu tariqa, o'smirlar Olimpiya o'yinlaridagi rekordimiz yangilandi.

Bungacha O'zbekiston sport delegaciyasi 2010 yilgi Singapur Olimpiadasida 21 nafar, 2014 yilgi Nankindagi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida esa 28 nafar sportchi bilan ishtirok etgan. Demak, 2018 yilgi Olimpiya o'yinlarida bu ko'rsatkich yangilanadi.

Engil atletikachilarimiz hali musobaqadagi ishtiroklarini yakunlaganlari yo'q. Demak, yaqin vaqt ichida licenziyalarimiz soni yanada ortishi ehtimoldan holi emas. SHuningdek, yaqin 1 oy ichida hamyurtlarimiz sportning suzish, dzyudo va tennis kabi turlarida ham Buenos-Ayres yo'llanmasini qo'lga kiritishlari kutilmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing