So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

11 okt 16:37
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonovga "Prezident sovg'asi" topshirildi + FOTO

Teglar :  BoksMarat Qurbonov
Xabaringiz bor, 9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahri boks bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari har qachongidanda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgandi. Bunday rekord natijaning qayd etilishida milliy terma jamoamiz ustozi Marat Qurbonovning ham ulkan hissasi bor. SHuni inobatga olgan holda bugun Marat Galievichga Prezident sovg'asi - "Treker" avtomobili va 100 million so'm miqdoridagi mukofot puli uchun sertifikat topshirildi.

Tajribali murabbiyga sovg'a tantanali ravishda, Milliy olimpiya qo'mitasi binosi oldida topshirildi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, MOQ vice-prezidenti va O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, MOQ va O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi. 

Tadbirda so'zga chiqqan Rustam SHoabdurahmonov va Saken Polatov mana shunday mehnat, fidoyilik va albatta yuksak natijalar uchun Marat Qurbonovga minnatdorchilik bildirishdi. O'z navbatida murabbiy ko'rsatilgan etibordan xursand ekanligini, terma jamoamiz bundan keyin ham mana shunday tempda yuqori natijalar ko'rsatishda davom etishini takidlab o'tdi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
11 okt 17:15:10
Adhamjon
Raxmatjon Ro'zioxunovni xam esdan chiqarmaslik kerak edi....
+1   
11 okt 17:11:49
Dilshot Solihov
Yoshlari ancha katalashishiga qaramasdan mexnatsevarligi borgan sari ortib borvoti. Nasib qilsa xali o'zbek bokisini bundanam yuqori cho'qilarga ko'taradi bu inson. Buyirsin.
+1   
11 okt 17:00:21
.Sherzod.
Sovg'a haqiqiy egasini topibdi, bunday insonlarga aslida har qanaqa sovg'alaram kamlik qiladi, Xudo hoxlasa Tokiodaham yaxshi natija kutamiz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing