04 fev 09:19
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi 82 yoshida murabbiylikka qaytdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashhiy kutilmaganda faoliyatini qayta tikladi.
Bugun, 3 fevral kuni 82 yoshli mutaxassis Moskvaning havaskorlar jamoasi hisoblangan FSHM klubiga katta murabbiy etib tayinlandi.
Nepomnyashhiyning oxirgi ish joyi Kaliningradning "Baltika" klubi bo'lgan edi (2018 yil). Tajribali mutaxassis o'z faoliyati davomida Kamerun va O'zbekiston milliy terma jamoalarini boshqargan. SHuningdek, u Xitoy, Turkiya, Yaponiya va Janubiy Koreya klublarida ham faoliyat yuritgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar