12 okt 16:53
Yangiliklar
Yan Nepomnyashchiy Sindarov - Gukesh o'yiniga taxmin bildirdi
"Jahon chempionligi uchun match oddiy turnirdan butunlay farq qiladi. Turnirda bir partiyani yomon o'tkazsangiz, keyingi raqibni yutib, vaziyatni o'nglashingiz mumkin. Bu erda esa doim bitta raqibga qarshi o'ynaysiz", — dedi Nepomnyashchiy.
“Ularning ikkalasi ham juda yosh. Bu yoshda sport formasi tez o'zgarishi mumkin. Hozir Sindarov katta favorit, ammo imkoniyatlarni 80:20 deb baholamagan bo'lardim. Menimcha, 65:35 nisbati haqiqatga yaqinroq", — dedi grossmeyster.
Biroq grossmeyster dastlabki partiyaning ahamiyatini alohida takidladi. Uning fikricha, Sindarov g'alaba bilan boshlasa, ustunligini yanada oshirishi mumkin. Gukesh yaxshi boshlasa esa matchning borishi butunlay o'zgarishi mumkin", - dedi rossiyalik shaxmatchi.

Fikrlar