10 fev 09:59
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/322246_220.jpg)
O'zbekiston U-17 terma jamoasi bugun Slovakiya bilan o'ynaydi
Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi aprel oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan U-17 Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Vakillarimiz musobaqaga munosib taraddud olib borish maqsadida ayni paytda Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda. Terma jamoamiz mazkur yig'in doirasida “Antalya Youth Cup” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Bugun hamyurtlarimiz ilk uchrashuvini Slovakiyaga qarshi o'tkazadi. O'yin bizning vaqt bilan soat 13:00da start oladi.
Malumot uchun, O'zbekiston U-17 terma jamoasi bu musobaqada shuningdek Marokash va CHexiya o'smirlari bilan bellashadi.
Havola :
Fikrlar