03 dek 13:25
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisiga Portugaliya klubi qiziqmoqda
Yaqinda U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azolaridan biriga xorij klubidan chorlov bo'lmoqda.
Gap o'ng qanot vingeri Sayfiddin Sodiqov haqida ketmoqda. Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, o'zbekistonlik futbolchiga Portugaliyaning "Braga" klubi qiziqib qolgan. U ayni vaqtda ko'rikdan o'tish uchun vizani kutyapti. Hujjatlar bilan bog'liq masala hal etilgach, Sodiqov "Braga"ga ko'rikka yo'l oladi.
Malumot uchun, Sayfiddin Sodiqov mundialda Panama darvozasini ishg'ol qilgan edi.

Havola :
Fikrlar