19 dek 12:25
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston U-17 terma jamoasi sardori "Neftchi"ga o'tdi
“Neftchi” klubi qishki transfer oynasidagi yurishini davom ettirmoqda.
Farg'onaliklar asosiy etiborni tajribali ijrochilar bilan birga yosh va istiqbolli futbolchilarni jalb etishga ham qaratgan. Navbatdagi yangi futbolchi — O'zbekiston U-17 terma jamoasi sardori Mo'minxon Bahodirxonov bo'ldi. U yangi mavsumda “Neftchi” sharafini himoya qiladi.
Qayd etish joizki, bungacha klub Nurbek Sarsenbaev, Azizbek Erimbetov va Ibrohim SHokirov bilan tarkibni to'ldirgan edi.

Havola :
Fikrlar